5.3.1-rasm: Mulkchilik turlariga ko‘ra innovatsion loyihalarni
moliyalashtirish manbalari.
175
Bular qatoriga sug‘urta kompaniyalari, investitsion fondlar va
kompaniyalar, nodavlat nafaqa fondlarining investitsion resurslari va
boshqa subyektlarni ham kiritish mumkin bo‘ladi. Korxonalarga tegishli
shaxsiy mablag‘lari, tijorat banklari va boshqa kredit korxonalari hamda
hukumat tomonidan maxsus vakil qilingan investitsion banklarning kredit
resurslarini ham kiritish mumkin.
Innovatsion loyihalarni davlat darajasida moliyalashtirish manbalari
quyidagilarni kiritish mumkin. Davlatga tegishli byudjet va byudjetdan
tashqari fondlar, bank kreditlari va sug‘urta tizimlari bo‘yicha “jalb
qilingan” mablag‘lar, davlatning tashqi (xalqaro qarz olish) va ichki qarzi
(davlat obligatsiya va boshqa ziyomlari) ko‘rinishidagi qarz mablag‘larini
hisobidan amalga oshirish mumkin (5.3.2-rasm).
5.3.2-rasm: Innovatsion loyihalarni davlat darajasida
moliyalashtirish manbalari.
Byudjetdan
mablag‘
ajratilishi
innovatsion
loyihalarni
moliyalashtirish faoliyatning har xil shakllarining muhim moliyaviy
manbalari bo‘ladi.Bular hisobidan maqsadli innovatsion dasturlar,
davlatning ustuvor innovatsion loyihalari bajariladi.Innovatsion dastur
loyihalarning (multiloyiha va megaloyihalar) murakkab kombinatsiyasi
bo‘lib, boshqaruv obyekti sifatida alohida loyihadan yoki o‘zaro bir-biri
176
bilan juda zaif bog‘langan, korxona yoki uning ijrochilari tomonidan
bajariladigan loyihalardan juda kuchli farq qiladi. Dasturni faqat yirik
korxonalar birlashmasi, masalan, MSG (moliyaviy sanot guruhlari), yirik
koorporatsiyalar konsorsiumi, mintaqa yoki megapolis, federal organlar
amalga oshirishi mumkin. Innovatsion dasturlarni shakllantirish va amalga
oshirishga ko‘plab misollar mavjud.
Innovatsion loyiha portfelini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi:
1. Innovatsion loyihalarni dastlabki tanlash.
Bosqichning maqsadi – taqdim etilgan innovatsion loyihalarni
umumlashtirilgan tahlildan o‘tkazish va baholash. Ushbu bosqich quyidagi
bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
innovatsiyalarni amalga oshirishning korxonaning asosiy muammolari
yechimini taklif eta oladigan asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
ajratib olingan yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertizalar olib borish uchun
loyihalarni taqsimlash;
ekspertizaning ishchi usulini ishlab chiqish;
ekspert guruhlar ishini tashkil qilish (marketing bo‘limi va boshqa
bo‘linmalardan mutaxassislarni jalb etgan holda);
hisob-kitoblar va ekspertizalar natijalari bo‘yicha loyihalarga dastlabki
baho berish;
istiqboli yo‘q loyihalarni chiqarib tashlash.
Mazkur bosqichda loyiha bitta eng muhim mezon (masalan, iqtisodiy
samaradorlik mezoni) bo‘yicha tanlanadi, bunda baholash parametri past
bo‘lgan loyihalarni chiqarib tashlashdan iborat oddiy qoidadan
foydalaniladi.
2.
Ustuvor
(boshlang‘ich)
yo‘nalishlar
bo‘yicha
portfelni
shakllantirish.
Bosqichning maqsadi – loyihalarni ustuvorliklar bo‘yicha puxta tahlil
qilish va taqsimlash. Bu yerda quyidagi bosqichlar ko‘zda tutiladi:
innovatsion loyihalarni bir nechta mezonlar (3-5 ta) bo‘yicha tahlil
qilish;
loyihalarning ustuvorlik darajasini aniqlash;
177
loyihalarni ustuvorlik darajalari bo‘yicha taqsimlash.
Barcha loyihalar tegishli shkala bo‘yicha, masalan, “past”, “o‘rtadan
past”, “o‘rtadan yuqori”, “yuqori” baho bilan baholanadi.
“O‘rtadan yuqori” yoki “yuqori” baho olmagan loyihalar dastlabki
tanlov bosqichidayoq chiqarib tashlanadi va rad etilgan deb hisoblanadi.
Qolgan loyihalar ustuvorlik darajasi (sinfi) bo‘yicha taqsimlanadi:
ustuvor loyihalar – bu umumiy samarasi (natijalarsarf-xarajatlar) 70 –
80 foizdan kam bo‘lmaydigan loyihalardir;
ustuvor loyihalarning birinchi 20-30 foizi o‘ta ustuvor loyihalar
hisoblanadi.
3. Moliyaviy va boshqa resurslarni innovatsiyalar portfeli ichida
taqsimlash.
Bunda “xarajatlar-samaradorlik” sxemasiga asoslangan qaror qabul
qilish qoidasidan foydalaniladi. Birinchi navbatda, naqd pul mablag‘lari
iqtisodiy samaradorligi maksimal darajaga (ustuvorlik darajasiga) ega
bo‘lgan loyihaga ajratiladi.
Jahon amaliyotida “xarajatlar-samaradorlik”ni tahlil qilish barcha
moliyani taqsimlash mexanizmlari uchun majburiy jarayondir. Buni shu
bilan izohlash mumkinki, ushbu qoidani amaliy qo‘llash qanchalik oson
bo‘lmasin, u quyidagilarga erishish imkonini beradigan loyihalar portfelini
ta’minlaydi:
– berilgan cheklangan mablag‘lar doirasida maksimal mumkin
bo‘lgan samaradorlik;
– talab etilgan natija va samaradorlik darajasiga eng minimal sarf-
xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Korxonada shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, innovatsion
loyihalarni amalga oshirishga innovatsion mablag‘larning yetarli emasligi
to‘sqinlik qiladi.
Bunday holda qo‘shimcha investorlarni hamda xususiy moliyaviy
mablag‘larni izlab topish yoki mavjud innovatsion loyihalar portfelini
o‘zgartirish zarur bo‘ladi.
178
Loyihalar portfelini aniqlashtirish – loyihalarning bir qismini o‘ziga
jalb qilishi ko‘proq loyihalar foydasiga hamda investitsion mablag‘larning
miqdoriga qarab moliyalashtirish hisoblanadi.
Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishning moliyaviy
mexanizmi butun innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlashga
qaratilgan bo‘ladi.
Bir qator mualliflar tomonidan taklif qilinayotgan innovatsion
loyihalarni moliyalashtirishda to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat byudjetidan,
moliyasanoat guruhlari, tijorat banklari, birlashmalar, korxonalar va
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishtirokini faollashtirish talab etiladi.
Bu jarayonlarni amalga oshirishda davlat innovatsion siyosatining rolini
kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat innovatsion loyihalarni
moliyalashtirishning investitsion va ilmiy-texnik dasturlari davlat
tomonidan maqsadli moliyalashtirishning obyekti bo‘lishlari kerak.
Innovatsion loyihalarni korxonalar darajasida moliyalashtirish
manbalari quyidagilarga bo‘linadi (5.3.3-rasm):
Dostları ilə paylaş: |