O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

5.4.
 
Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zarurati 
Hozirgi kunda viloyatlarda ko‘plab fundamental tadqiqotlar va 
texnologik ishlar, ilmiy-ishlab chiqarish bazasi, intelektual kadrlar mavjud. 
Ammo, olib boriladigan tahlillar shuni ko‘rsatib turibdiki, yetarli 
innovatsion salohiyat bo‘lsa ham yangi taraqqiy etgan texnologiyalar sust 
ravishda tadbiq etmoqda. Innovatsion faoliyat subyektlariga marketing, 
axborot, huquqiy va boshqa ko‘mak beradigan innovatsion infratuzilmalar 
sust tashkil etilmoqda. Shuningdek, innovatsion sohaning holati, 
innovatsion mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif to‘g‘risida 
axborot bazasi lozim darajada rivojini topmagan, bu esa innovatsiya 
bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Innovatsion marketing ilmiy-texnik va yangi g‘oya, ishlama va 
texnologiyalarni hamda yaratilgan intellektual mulkni chuqur va har 
tomonlama o‘rganib uning natijalarini zudlik bilan ishlab chiqarishga 
transfera qilish. Innovatsion marketing resurslari zamonaviy ilmiy-texnik 
axborotlar hisoblanib, ular iqtisodiy qimmat turadigan iste’mol bozori 
hisoblanadi. Ularni qidirish, tanlash, maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni 
rejalashtirish, amalga oshirish va bular orqali o‘z biznesini tashkil etish 
lozim bo‘ladi. 
Innovatsion marketingni asosiy o‘rganadigan yo‘nalishlari iqtisodiy, 
tashkiliy, boshqaruv, sotsial, psixologik, huquqiy faktorlari innovatsion 
jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: 
- ishlab chiqarish korxonalardagi innovatsion guruhlarni ishlari 
tezlik bilan tarqalishi innovatsion texnologik bilimlarni yuksalishiga, 
raqobatbardosh bosimlarni boshqa klaster bo‘limlarga o‘tib korxona 
faoliyatini iqtisodiy o‘sishiga olib keladi; 
- yangi bilimlarni va texnologiyalarni tezlik bilan rag‘batlantirilishi 
ishlab chiqarishda bo‘limlarni shakllantirishga sababbo‘ladi. 
Oxirgi o‘n yilliklar davrida yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega 
bo‘lgan davlatlarda klaster strategiyalari rivojlanib bormoqda. Bu esa 
dunyo ilm-faniga yangi g‘oyalarni va ishlamalarni yaratish bo‘yicha katta 
saboq bo‘lmoqda. Shuning uchun bugungi kunda ishlab chiqariladigan 
tovarlarni sifat ko‘rsatkichlari darajasini oshirishda zamonaviy yangi 


183 
nanotexnologiyalar, asbob uskunalar, laboratoriyalar uchun aniqlikni va 
tezlikni oshirish uchun yangi usullari mavjud. Klasterlar asosan yuqori 
bilim darajasi, talablariga raqobatbardoshlik mezonlariga javob beradigan 
markazlarda tashkil topmoqda. Hozirgi vaqtda klaster talablari bo‘yicha 
olib borilayotgan ko‘p ishlar iqtisodiy tomondan rivojlangan davlatlarda 
kuzatilmoqda. Klaster asosan yangi g‘oyali ilm-fan yutuqlarini har 
tomonlama mutaxassislar ishtirokida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan 
texnologiyalar va texnikalar orqali olingan yangi assortimentdagi 
tovarlarni yoki xizmatlarni zudlik bilan ishlab chiqarishga tadbiq etilishini 
ta’minlaydigan, bozor "chuqurligini" yangi talab uchun zarur bo‘lgan 
raqobatbardosh tovarlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan va foydani 
olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday zamonaviy talablarga javob 
beradigan ilmiy-tadqiqot ko‘rsatkichlari bilan isbotlangan va xalq 
xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bunday ishlarni kichik biznes 
subyektlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Klaster talablari siyosatini markazida esa har tomonlama o‘zaro 
faoliyatlar bo‘yicha bog‘lanish orqali qatnashuvchilarni bir-biriga xizmat 
yuzasidan bo‘lgan e’tibori va sadoqati birgalikda bajarilayotgan ishlarni 
tez va muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. Klaster sistemasini tashkil 
etishda kichik va katta ishlab chiqarish korxonalar orasidagi gorizantal 
bog‘lanish esa bozorda bir guruhga oid tovarlarni zamonaviy talablariga 
mosligini ta’minlaydi. Zamonaviy klasterlar, odatda bir yo‘nalishga 
yo‘naltirilgan bir qancha ishlab chiqarish bo‘laklaridagi shu sohaga 
tegishli bo‘lgan firmalarni maqsadga yo‘naltirilgan zanjirni bo‘laklari 
hisoblanib doimo ular ma’lum bir mahsulotlar yaratishga ixtisoslashgan 
bo‘ladi. 
Innovatsion texnologiyani xalq xo‘jaligiga tadbiq qilishda iqtisodiy 
samaradorlikni quyidagi usullarda baholash mumkin: 
yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va 
ijtimoiy samaradorligni aniqlash; 
yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida ishlab 
chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-
tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur. 


184 
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi 
uslubiy qo‘llanmalarda izohlab berilgan. 
Unga ko‘ra quyilagilarga e’tibor qaratilgan: 
- kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha 
namunali metodika; 
- xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik 
tavsiflaridan 
foydalanishning 
iqtisodiy 
samaradorligini 
aniqlash 
metodikasi; 
- korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari boshqaruvining 
avtomatlashtirilgan 
tizimining 
iqtisodiy 
samaradorligini 
hisoblash 
metodikasi; 
- boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samaradorligini; 
- mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo‘yicha tadbir-choralarning 
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; 
- atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash 
uchun vaqtinchalik metodika. 
Zamonaviy fan va texnologiya tobora raqobatli bozor kurashiga jalb 
qilib borilmoqda. Fundamental bilimlar va ularning yakuniy mahsuli ilmiy 
texnik mahsulot hozirgi iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida 
davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning muhim omiliga 
aylanmoqda. 
Aholining turmush farovonligi o‘sishi, mamlakatning iqtisodiy o‘sish 
sur’ati, ta’lim, fan va madaniyatning rivojlanishi, mudofaa qobiliyati 
bevosita yuqori texnologiyali kompleksni tarkibiy va texnologik jihatdan 
qayta tuzishga bog‘liq bo‘lmoqda. Bu sohada yuqori malakali ilmiy, 
tadqiqotchi va muhandis kadrlar salohiyati katta rol o‘ynaydi. 
Respublikaning ilmiy-innovatsion sohadagi hozirgi holati xo‘jalik 
aylanmasi ilmiy-texnik faoliyatning natijalarini jalb qilish bo‘yicha davlat 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari talablarga mos kelmaydi. Amaldagi holat 
fan 
va 
texnologiyalarni 
rivojlantirishda 
yangi 
ustuvorliklarni 
rivojlantirishda yangi ustuvorliklarni ishlab chiqishni talab etadi. 


185 
Innovatsion jarayonlarni rivojlantirish mavjud ehtiyojlar qondirishga 
qaratilgan bo‘lishi lozim. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
jamoat ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartiruvchi va uning 
samaradorligini oshiruvchi texnik va boshqa yangiliklarning moddiy 
ne’matlarga tezkor o‘zgartirishni ta’minlash maqsadida innovatsion 
jarayonlarning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish; 
ilmiy-texnik rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni asoslagan 
tartibda tanlab olish va resurslardan foydalanish ustuvorliklari bilan 
muvofiq halda ularni oqilona ta’qsimlash; 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish markazlari, ilmiy korxona va 
muassasalardagi rolini kuchaytirish; 
ilmiy-innovatsion salohiyatni“fan-ta’lim-ishlab chiqarish” o‘rtasidagi 
aloqalarni rivojlantirishni kuchaytirish; 
mahsulot raqobatbardoshligini oshirish; 
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash maqsadida ishlab 
chiqarishda fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish; 
bozor konyukturasini dinamikasini hisobga olgan holda innovatsion 
jarayonlarni tahlil qilish va prognozlash; 
barqarorlashtirish 
va 
texnologik 
inqirozdan 
chiqishga 
ko‘maklashuvchi yangiliklarni yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha 
innovatsion faoliyatni faollashtirish yo‘li bilan Yetakchi ishlab chiqarish 
tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan tubdan yangilash; 
iqtisodiyotning real sektorida raqobatbardoshli, murakkab texnologik 
jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish sohasidagi mahsulotlarni 
chiqarishga ko‘maklashuvchi innovatsion texnologiyalardan ishlab 
chiqarishda foydalanish; 
chet ellik hamkorlar bilan mahalliy ilmga oid mahsulotlarni 
chiqarishni tashkil etish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish 
bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratib 
berishni ko‘zda tutuvchi tashqi iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni faollashtirish 
zarur. 
Hozirgi 
kunda 
innovatsion 
faoliyatni 
rivojlantirish 
uchun 
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi (5.4.1-rasm). 


186 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin