5.4.1-rasm. Innovatsiya faoliyatini faollashtirish yo‘llari
Innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay huquqiy muhitni
ta’minlab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va
takomillashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Qonunchilik hujjatlarini o‘zaro aloqalarini hisobga olib, qonunchilik
tashabbusi tartibida innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay
huquqiy muhitni ta’minlovchi takliflarni shakllantirish tizimini ishlab
chiqish maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion faollikni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi
quyidalarni o‘z ichiga oladi (5.4.2-rasm).
187
5.4.2-rasm. Innovatsion faollikni rag‘batlantirish tizimi
Yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovatsion jarayonlarning
holati innovatsion loyihalarni va innovatsion faoliyat infratuzilmalarni
moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy institutlarning innovatsion
faoliyat bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tizimini shakllantirishni talab etadi
(5.4.3-rasm).
Mazkur yo‘nalishni amalga oshirishda quyidagi muommalarni hal
etish lozim bo‘ladi:
soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab
chiqish;
soliq solinadigan bazani aniqlashtirish;
soliq solish mexanizmini takomillashtirish;
korxonalarga investitsiya manbasi sifatida amortizatsion
jamg‘armalarni
ko‘paytirish
imkoniyatini
ta’minlash
maqsadida
amortizatsiya siyosatini o‘zgartirish;
kredit tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab
chiqish;
188
5.4.3-rasm. Mintaqada innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish
mexanizmi
ilmga oid uskunalar lizingini rivojlantirish;
chet el sheriklar bilan mahalliy ilmga oid mahsulotni chiqarish
va uni tashqi bozorda sotish bo‘yicha korxonalarni tashkil etish uchun
sharoitlarni yaratish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish;
189
ilmiy salohiyatni yanada to‘laroq joriy etish hamda ilmiy-
texnik, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish uchun
ilmiy-texnik, ilmiy korxonalar va muassasalarning innovatsiyalarini
majmuaviy holda qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
innovatsionsanoat majmualari va markazlari, texnoparklar,
innovatsion
korxonalar
va
alohida
innovatsion
loyihalarni
moliyalashtirishning moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini
ishlab chiqish;
milliy ilmiy-texnik ishlanmalarni o‘zlashtiruvchi korxonalar
faoliyatni rag‘batlantirishdan iborat.
1.
Innovatsion faoliyatning investitsiya bilan ta’minlash mexanizmini
takomillashtirish. Mazkur masalani yechishda ustuvor yo‘nalishlar sifatida
xususiy investitsiyalar bilan hamkorlikda ulushli asosda xatarning bir
qismini o‘z zimmasiga olgan holda yuqori samarali juda tez o‘zini qoplay
oladigan innovatsion loyihalar bo‘lishi lozim. Bunda quyidagi masalalar
echiladi:
ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimining
barqaror faolliyat ko‘rsatish me’yoriy bazani yaratish;
byudjet va nobyudjet innovatsiya jamg‘armalari, innovatsion
faoliyatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha chet el jamg‘armalarini
tashkil etish;
tez o‘zini qoplay oladigan innovatsion loyihalarni amalga oshirish
maqsadida mahalliy va chet ellik xususiy investorlar uchun jozibador
sharoitlarni yaratish(ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish);
innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy
xatarlarni sug‘urtalash tizimini joriy etishdan iborat.
2.
Innovatsion jarayonning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish muhim
bo‘g‘in hisoblanadi.
Innovatsionfaoliyat
infratuzilmasi
– iqtisodiyot innovatsion
rivojlanishning moddiy asosi, yangi texnologik ukladlarga o‘tishning zarur
dasturi,
mintaqa
iqtisodiyotining
kichik
ilmga
oid
sektorini
190
mustahkamlashning
muhim
omili
va
umuman
iqtisodiyotdagi
o‘zgarishlarning Yetakchi omillaridan biridir.
Rivojlangan innovatsion infratuzilmalarni tashkil etish bo‘yicha
ishlar quyidagi tizimlarni tashkil etishni ko‘zda tutadi:
a)
innovatsion faoliyatni axborot bilan ta’minlash tizimi quyidagi
ishlarni bajarni taqazo etadi:
innovatsion faoliyat bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va banklarni
shakllantirish;
korxona, innovatsion markazlarning ishlab chiqarish faoliyatini
faollashtirish dastagi sifatida yagona axborot jamlanmasini tashkil etish
maqsadida ma’lumotlar bazasi va banklarga kira olish imkoniyatini
beradigan innovatsion faoliyatning mintaqaviy axborot-tahliliy tizimini
joriy etish;
innovatsion jarayonlarning yagona axborot tizimini ishlab chiqish va
ularni bosqichma-bosqich joriy etish;
ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni to‘ldirish hamda ularning
hududlararo axborot tizimiga integratsiyasini ta’minlash;
turli mulkchilik shakldagi korxonalarning xo‘jalik faoliyatini
faollashtirish dastagi hamda mintaqada yagona axborot bazasining tarkibi
sifatida ishchan mintaqalararo kommunikatsiyalarni joriy etish va
rivojlantirish;
“Internet” tarmog‘ida innovatsion faoliyatni aks ettirish uchun web-
portallarni yaratish;
innovatsion loyihalarning ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va
joriy etish;
“Intellektual mulkchilik” mezoni bo‘yicha samaradorlikni baholash;
ishlanmalar va yaratilgan intellektual mulkchilik natijalarini
tijoratlashtirish imkoniyatlarini baholash;
b) ilmiy-texnik, innovatsion tadbirkorlik sohasidagi innovatsion
faoliyatda ishlash uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida
quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:
milliy ilmiy-texnik mahsulotlar bozorini yaratish va shakllantirishda
ishtirok etadigan va ilmiy-texnik ishlanmalarni milliy va chet el ilmiy-
191
texnik mahsulotlar bozorida sotishning barcha sikllarini samarali boshqara
oladigan yuqori kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan sifat jihatdan yangi
toifadagi mutaxassislarni tayyorlash;
integratsiyalashgan kasbiy ta’lim tizimini tashkil etish (malakaviy
ishchi, texnik, muhandis va boshqa barcha toifadagi kasbiy kadrlarni
tayyorlash) unda kadrlarni tayyorlash zamonaviy moddiy-texnik bazasidan
foydalangan holda bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amalga
oshiriladi;
“Texnologiya va innovatsiyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha menejer”,
“Texnologik innovatsiyalar (tarmoqlar) bo‘yicha menejer” ixtisosliklarini
ochish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
v) ilmga oid mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi quyidagi
masalalarni yechishni talab etadi:
sanoat tarmoqlari bo‘yicha qo‘shma sertifikatsion tajriba laboratoriya
va sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;
ISO
seriyadagi
xalqaro
sifat
standartiga
muvofiq
holda
korxonalarning sifat tizimini ishlab chiqarish va joriy etishga
ko‘maklashish;
tajriba laboratoriyalarni faollashtirish, uning maqsadi tovar, ishlar va
xizmatlarni sertifikatlashtirish uchun oliy o‘quv yurtlarining ilmiy
salohiyatini oshirish, uslubiy bazasi, uskuna va o‘lchov texnikalaridan
foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
ro‘yhatdan o‘tgan sertifikatlashtirish va tajriba laboratoriya bo‘yicha
organlarning
Yevropa
Hamjamiyatining
sertifikatlashtirish
va
akkreditatsiya qilish tizimlarini qo‘llash;
import o‘rnini bosuvchi salohiyatga ega bo‘lgan va istiqbolda
barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan mahsulotni aniqlash maqsadida
ishlab chiqarish jahon standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun barcha
mintaqaviy
ishlab
chiqarish
tuzilmalarini
pasportlashtirish
va
sertifikatsiyalashtirish ishlarini olib borishdan iborat.
g) innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish tizimi o‘z oldiga
quyidagi maqsadni qo‘yadi:
192
respublika ekspertiza ilmiy-maslahat tadqiqot markazlari kuchlari
bilan ilmiy darajasi, iqtisodiy samaradorligi, ekologik xafsizligini mustaqil
baholashni olib bora oladigan ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar
ekspertizasini tashkil etish zarur.
d) patentli-huquqiy tizim quyidagilarni ta’minlaydi:
xo‘jalik aylanma intellektual va sanoat mulkchilik obyektlarini jalb
qilish, uni inventarizatsiya qilish va ruhsat berilmagan holda
foydalanishdan ishonchli himoya qilishni ta’minlashni olib borish;
patentli va ixtiro qilish faoliyatini moliyaviy tomondan qo‘llab-
quvvatlash, respublika va xorijiy davlatlarda intellektual mulkchilikni va
unga bo‘lgan huquqni himoyalashga ko‘maklashish;
“Intellektual mulkchilik” mezoni bo‘yicha innovatsion loyihalar
samaradorligini baholashni joriy etishdan iborat.
e) marketing tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:
ichki va tashqi bozorlarda ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion
mahsulotlarnisotishni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadigan marketing
markazlarini tashkil etish;
raqobat qiluvchi korxonalar o‘rtasida ulushlar taqsimlanishini tahlil
qilish;
iste’molchilarning yangi mahsulotga bo‘lgan ta’sirini tahlil qilish;
mahsulotlarni sotish strategiyasini variantlarini tadqiq etish va
mahsulotni sotishni tahlil qilish;
mahsulot sotishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlash;
ishchan faollik tendensiyasini o‘rganish;
raqobatchilarning mahsulotlarini o‘rganish;
muayyan faoliyat turi uchun qonunchilik cheklovlarini o‘rganish;
narx-navo siyosatini ishlab chiqish uchun tegishli narxlarni
belgilashdan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va
rag‘batlantirish jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi
vaziyatda innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor
hisoblanadi.
193
Hozirgi
paytda
mamlakatda
innovatsion
faoliyat
amalga
oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:
qonunchilik tomonidan yaqin, o‘rta va uzoq istiqbollarga belgilangan
milliy maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha aniq ifodalangan
mexanizmlarning yaratilganligi;
makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo‘ysundirilgan davlat
strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish,
innovatsion
faoliyatni
qo‘llab-quvvatlash
maqsadlariga
mos
kelavermasligi;
mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi
manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatga davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi
siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi.
Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat o‘tkazishni quyidagicha ifodalash
mumkin:
milliy xavfsizlikni ta’minlash;
iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini
kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;
sanoatni texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida mamlakatimiz
tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish;
tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit
muammolarini hal qilish;
aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini
ta’minlash;
sog‘liqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;
oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo‘lgan milliy
ehtiyojlarni kafolatli ta’minlash.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion
jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |