2.1-misol: Muhim va juz’iy xarajatlar Tariq Ltd kompaniyasi bir yil oldin yangi holatida 5000 funt sterlingga xarid qilingan dastgohga ega. Hozirda kompaniya ushbu dastgoh kelgusida unga kerak emas deb hisoblaydi. Ma'lumotlar bilan tanishib chiqqach, ushbu dastgohni joriy holatida 2000 funt sterlingga sotish yoki dastlab 500 funt sterlingga ta'mirlash, so‘ngra 3000 funt sterlingga sotish mumkinligini aniqladi.
Kompaniya qanday yo‘l tutishi kerak: dastgohni ta'mirlangan yoki ta 'mirlanmagan holatda sohshi kerakmi (kompaniyaning maqsadi - maksimal ehtimoliypul mablag'ini olishdan iboratligi hisobga olinganda)? Qaror (masalaning yechimi) Agar dastgoh ta'mirlansa, kompaniya 2500 funt sterling sof foyda oladi (3000 funt sterling minus 500 funt sterling). Agar uskuna ta'mirlanmasa, kompaniyaning daromadi 2000 funt sterlingni tashkil etadi. Kompaniyaning maqsadi - maksimal ehtimoliy miqdorda pul mablag‘ini olishdan iboratligi hisobga olingan holda, shubhasiz, u dastgohni dastlab ta'mirlaydi, so‘ngra esa sotadi, chunki bunday usul muqobil usulga nisbatan ko‘proq foyda keltiradi.
Uskunaning dastlabki narxi eski narx ekanligi va unga qaytish mumkin bo‘lmaganligi tufayli qaror qabul qilish uchun muhim emasligiga e'tibor qarating. Dastlabki narx eski narx bo‘lganligi tufayli u kelgusi harakatlarning har ikki ehtimoliy varianti uchun bir xil bo‘ladi. Kelgusida nima yuz berishidan qat'i nazar dastgohning dastlabki narxi - 5000 funt sterling.
Shunday qilib, qaror qabul qilish uchun qanday ma‘lumotlar muhim, qaysilari unchalik muhim emasligini aniqlab olish zarur. Ko‘pincha axborot to‘plash ko‘p vaqt va mablag‘lar sarflanishini talab etadi, demak muhim ma‘lumotlarni ajratib olish qaror qabul qilish qiymatining jiddiy pasayishiga olib kelishi aniq. Bundan tashqari, unchalik muhim bo‘lmagan ma'lumotlarning mavjudligi qaror qabul qilayotgan shaxsni chalg‘itishi mumkin, bu esa optimal bo‘lmagan qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
4-bosqich: Ma’lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish. Mazkur bosqichda muhim ma‘lumotlardan belgilangan maqsadlarga erishish uchun eng yaxshi harakat yo‘nalishi ajratib olinadigan tarzda foydalanilgan holda mavjud imkoniyatlar solishtiriladi. Ushbu kitobning katta qismi moliyaviy qarorlarni qabul qilishga tegishli ma‘lumotlarni baholash usullariga bag‘ishlanadi.