O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


-bosqich: Qabul qilingan qarorni amalga oshirish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə13/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

5-bosqich: Qabul qilingan qarorni amalga oshirish. Agar qabul qilingan qarorning amalga oshirilishini ta‘minlash bo‘yicha harakat qilinmasa, samarali qaror qabul qilish uchun vaqt sarflash va qiyinchiliklarni yengib o‘tishning foydasi yo‘q. Bunday harakatlar qabul qilingan qarorni qonuniy kuchga kiritish bo‘yicha kerakli choralar bilan cheklanmaydi, balki uning butun hayot sikli mobaynida ular ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilgan choralar amalga oshirilishini kafolatlaydigan yoki kafolatlashga yo‘naltiriladigan harakatlar qo‘llanilishi kerak.
6-bosqich: Qarorlar qabul qilish natijalari monitoringi. Samarali qaror qabul qilish oldingi qarorlar natijalari puxta monitoring qilinishini talab etadi.
Bu keng ma‘noda quyidagi ikkita sabab bilan izohlanadi:
  • Qarorlar qabul qilinishiga asos bo‘lgan prognozlar ishonchliligini baholash foydalidir. Agar prognoz o‘ngidan kelmasa, qaror qabul qilayotgan shaxslar turli usullar va ma‘lumotlar bazalaridan foydalanilgan holda uning ishonchliligini oshirish imkoniyati to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishlari kerak. Albatta, qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorni yaxshilash kech bo‘ladi, biroq bunday amaliyot kelgusida qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirish imkonini beradi.


  • Agar qaror amaliyotda u yoxud bu sababga ko‘ra, shu jumladan bozor muhitining ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlari tufayli samarasiz bo‘lib chiqsa, monitoring buni ko‘rsatishi kerak; buning natijasida amaldagi ahvol yaxshilanishini ta‘minlay oladigan o‘zgarishlar ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu dastlabki qaror bekor qilinishini anglatmaydi. Afsuski, biz o‘tmishni o‘zgartira olmaymiz, biroq ko‘pincha samarasiz qaror qabul qilish salbiy ta'sirini cheklaydigan choralar ko‘rishimiz mumkin. Masalan, faraz qilaylik, muayyan kompaniya plastmassali dekorativ o‘rdakchalar ishlab chiqarish uchun uskuna sotib olishga qaror qildi, chunki kompaniyaga ushbu bozor yana besh yil mobaynida jozibali bo‘ladigandek tuyulardi. Uskuna sotib olingandan va mahsulot bozorga chiqarilgandan so‘ng bir yil o‘tgach plastik o‘rdakchalarga talab deyarli mavjud emasligi ma‘lum bo‘ldi. Firma rahbariyati bu to‘g‘risida xabardor bo‘lsada, bir yil oldin qabul qilingan mazkur loyihada ishtirok etish to‘g‘risidagi qarorni o‘zgartirolmaydi, biroq mablag‘larning keraksiz sarflanishini to‘xtatish uchun ushbu mahsulot ishlab chiqarilishini zudlik bilan rad qilishi mumkin va maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.


Amaliyotda moliyaviy qarorlarni monitoring qilish jarayonining katta qismi buxgalteriya hisobi tizimi yordamida, shu jumladan byudjet nazoratining kundalik tartibotlari orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin