O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə16/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish
Ehtimol, ushbu maqsad alohida vazifalar sifatida daromad/o‘sish yoki barqarorlik/faoliyatni saqlab qolish bilan bog‘liq maqsadlarga nisbatan ko‘p jihatdan ishonchliroq, chunki aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish bir vaqtning o‘zida daromadni ham, tavakkalchilikni ham hisobga oladi. Agar A kompaniya va B kompaniyada daromadlar bir bo‘lishi kutilsa, biroq B kompaniyaga mablag‘lar sarflanishi yuqoriroq tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lsa (ya‘ni, B kompaniyaga tegishli umidlarning amalga oshish ehtimoli kamroq bo‘lsa), aqlli investorlar B kompaniyani emas, balki A kompaniyani afzalroq deb biladilar. Bundan tashqari, farovonlikni maksimallashtirish qisqa muddatli va uzoq muddatli foydani tenglashtiradi, buni foydani maksimallashtirishda amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi.
Farovonlikni maksimallashtirishga sodiqlik menejerlarni dividendlar to‘lash va aksiyalar narxlarini oshirish orqali aksiyadorlar uchun foydani maksimal oshiradigan tarzda tavakkalchilik va daromadni tenglashtiradigan qarorlar qabul qilishga undashi kerak.
Farovonlikni maksimallashtirish o‘zining asoslanganligiga qaramay, chamasi, yanada asoslangan maqsad - oqilona boylik tamoyiliga rioya qilish bilan to‘qnashuvga duch keladi. U ittifoqning faqat bitta a‘zosi manfaatlari, ehtimol, boshqalar hisobiga qondirilishini nazarda tutadi.
Biroq o‘zini oqlaydigan darajada, aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish mezonlari moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun asos yaratadi, ular kelgusida ittifoqning boshqa ishtirokchilari manfaatlariga asoslanib qabul qilingan qarorlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak.
Shunga qaramay tasdiqlash mumkinki, oqilona boylik tamoyili va aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish bir-biriga dastlab tuyulishi mumkin bo‘lgan darajada o‘ta zid kelmaydi. Bu farovonlikni maksimallashtirish vazifasi ittifoqning yetarli darajada yuqori daromad oladigan boshqa ishtirokchilari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi mumkinligini anglatadi. Faraz qilaylik, kompaniya xizmatchilari ittifoq a‘zolaridan biri hisoblanadilar. Xizmatchilarga qoniqarli shart-sharoitlar taqdim qilinmasligi dividendlar va aksiyalar narxida qanday aks etadi? Ko‘proq qoniqarsiz shart-sharoitlar kadrlarning yuqori qo‘nimsizligiga, xodimlarning yetarli darajada bo‘lmagan sodiqligiga, noroziliklar ehtimoliga, qisqacha aytganda esa - kompaniyaning daromadsiz va noaniq kelajagiga olib keladi. Tabiiyki, bu investorlar tomonidan ishtiyoq bilan kutib olinmaydi va asta-sekin aksiyalar narxlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, o‘z ahvolidan mamnun xodimlar investorlar tomonidan ijobiy qabul qilinadi. To‘liq asos bilan taxmin qilish mumkinki, ittifoqning boshqa ishtirokchilariga nisbatan ham xuddi shunday xulosa chiqariladi.
Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish biznesning odatdagi moliyaviy maqsadlarini har doim ham aniq aks ettirmaydi. Shunga qaramay, u moliyaviy qarorlar qabul qilishning asoslangan, ish uchun yaroqli negizini ifodalaydi. Aslida, kompaniyalar har doim o‘z aksiyadorlari boyligini kamaytiradigan qarorlar qabul qilolmaydi, chunki bu mazkur biznes qimmatining doimiy pasayishiga olib keladi. Har bir kompaniya faqat cheklangan boylik miqdoriga ega bo‘lib, shu tufayli ertami-kech uning kamayishi natijasida u biznesdan siqib chiqariladi.
Jensen (Jensen 2001) qayd etishicha, menejerlar bir vaqtning o‘zida bir necha maqsadlarga amal qilishlarini kutishning foydasi yo‘q. Qisman bu ittifoqning biznesda qatnashayotgan turli a‘zolari o‘rtasida manfaatlar
muvozanatiga erishishdagi qiyinchiliklar bilan izohlanadi. Shuningdek, Jensen fikricha, bir necha maqsadlarga erishishga intilish menejerlarga maqsadga muvofiq qarorlar qabul qilishlariga xalaqit beradi.
Menejerlar muvaffaqiyatining aniq mezonlari mavjud emasligi ular kamroq hisobot berishlariga olib keladi. Biznes maqsadi sifatida aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish tanloviga qarshi dalillar qanday bo‘lmasin, bunday maqsad sezilarli ustunlikka ega: menejment muvaffaqiyatini baholash, ayniqsa, aksiyalari narxini kuzatish mumkin bo‘lgan ochiq bozorda muomalada bo‘lgan kompaniyalarda ancha oson.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin