Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan maqsadlarga misollar Tadqiqotlar malumotlari Buyuk Britaniyada bir necha tadqiqotlar o‘tkazilib, ularning aksariyati intervyu olish yoki pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali yirik kompaniyalar katta boshqaruvchilari so‘rovnomasini o‘z ichiga olgan.
Payk va Ooi (Pike and Ooi, 1988) ikki bosqichda - 1980 va 1986- yillarda pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali so‘rovnoma o‘tkazganlar. 1980-yilda pochta bo‘yicha anketalar Buyuk Britaniyadagi 208 ta yirik kompaniyaga tarqatilgan.
1986-yilda anketalar 1980-yildagi anketalarga javob qaytargan kompaniyalarga, ushbu kompaniyalar qo‘shilish, birlashish va h.k. natijasida faoliyati tugatilmagan sharoitda yuborilgan.
Har ikki tadqiqotda muayyan to‘ldirilgan anketalar soni 70%dan yuqori bo‘lgan.
Har ikki holatda ham moliya top-menejerlaridan ular biznesi uchun beshta - ikkita qisqa muddatli va uchta uzoq muddatli moliyaviy maqsad muhimligini besh balli shkala bo‘yicha baholash so‘ralgan.
O‘rta hisobda aniqlangan ma‘lumotlar asosida maqsadlar ahamiyatiga qarab farqlash 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan. 5 ball maqsad juda muhimligini, 1 ball esa - maqsad unchalik muhim emasligini anglatadi.
Ushbu natijalar kompaniyalar uchun bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan bir qator ahamiyatli maqsadlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, 28
ulardan to‘rttasmmg vaqt ottishi bilan yuqorilab boruvchi ahamiyatini aks ettiradi (savdo-sotiqlar o‘sishi bundan mustasno). Ma'lum bo‘lishicha, 1980-yilda qisqa muddatli maqsadlar so‘ralganlar uchun uzoq muddatli maqsadlarga nisbatan muhimroq bo‘lgan. Shunga qaramay, 1986-yilga kelib, aksiya uchun foyda (earnings per share, EPS) va aksiyadorlar farovonligining oshishi deyarli qisqa muddatli maqsadlar kabi muhim maqsadga aylangan.
2.1-jadval Moliyaviy maqsadlarning muhimlik darajasi (1980-1986)2