O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


-BOB. LEVEREJ, KAPITAL QIYMATI VA AKSIYADORLAR FAROVONLIGI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə121/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

7-BOB. LEVEREJ, KAPITAL QIYMATI VA
AKSIYADORLAR FAROVONLIGI

Ushbu bobda biz quyidagi masalalarni ko„rib chiqamiz:


  • qarzni moliyalashtirish chindan ham tuyulgani kabi arzonmi?



  • tadbirkorlik va moliyaviy risklar;



  • muammoga an'anaviy nuqtai nazar;



  • Modilyani va Millerning leverej bo‘yicha nuqtayi nazari;



  • kapital (moliyaviy) leverej va operatsion leverej;



  • leverejni qo‘llash tajribasi.



Kirish
Ushbu kitobda ayrim masalalarni tadqiq qilish jarayonida biz aksariyat kompaniyalar uzoq muddatli moliyaviy talablarining bir qismini pul mablag‘larini qarz olish tufayli, ko‘pincha obligatsiyalar chiqarish yoki qarz tilxatlari berish yo‘li bilan qondirishini allaqachon bilib olganmiz. Bu kreditorlarga, odatda, oldindan o‘rnatilgan stavkada va muayyan muddatda foiz olish bo‘yicha shartnomaga asoslangan huquqni beradi.
Odatda, bunday obligatsiyalar qayta sotib olinadi, shu tariqa, shartnomaga asoslangan huquqlar to‘lov summasiga tatbiq etiladi va uni qaytarish muddatigacha amal qiladi. Qarz mablag‘lari bank yoki xuddi shu shartnoma huquqlarini qo‘lga kiritgan institut tomonidan taqdim etilishi mumkin. Ushbu kontekstda qarz kapitalining asosiy xususiyati shundan iboratki, qarz summasini qaytarish ham, foizlar to‘lovi ham qarz oluvchi kompaniya ixtiyoriga ko‘ra hal qilinadigan masalalar sanalmaydi. Kreditlar bo‘yicha foizlar - bu foydani kamaytiruvchi yillik xarajatlardir. Ular muayyan kompaniyalarga mablag‘larning katta qismini taqdim etuvchi oddiy aksiyalar egalari foydani taqsimlashda ishtirok etmaslaridan avval to‘lab bo‘linishi kerak.
Oldingi boblarda biz ba‘zi taxminlarga asoslangan holda, moliyalashtirish manbai - qarz olish yoki aksiyalar chiqarish - aksiyadorlar farovonligi uchun deyarli hech qanday ahamiyat kasb etmasligini aniqladik. Ushbu bobda oldingi boblarda boshlangan masala bayonini davom ettirishdan oldin, biz moliyaviy leverej baribir aksiyador farovonligiga ta'sir ko‘rsatadigan an'anaviy nuqtayi nazarni ko‘rib chiqamiz. So‘ngra empirik ma'lumotlarga murojaat etib, bu masala bo‘yicha ayrim xulosalar chiqarishga harakat qilamiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin