WACC yuzasidan bir necha kelgusi fikr-mulohazalar WACCdan diskont stavkasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq yana bir necha masalalar yoritilishi kerak, biroq ular 11-bob mazmunining muayyan tushunilishini talab qilishi tufayli biz ularni qayd etilgan bobning oxirida ko‘rib chiqamiz.
REZYUME Kapital qiymati hisob-kitobi
Kapital narxi (k) bir qator pul oqimlari uchun IRRni ifodalaydi, bunda kompaniyalar nuqtayi nazaridan, joriy bozor qiymati mazkur investitsiyalar bilan bog‘liq barcha kelgusi pul oqimlarining diskontlangan qiymatlariga tenglashadi.
Foydalaniladigan bozor qiymati - talab qilinadigan muqobil k.
Cheksiz to‘lovlar sharoitida k = har yillik foiz (yoki dividend) to‘lovi / joriy bozor narxi.
Obligatsiyalar
Foiz to‘lovlari soliq solinadigan bazadan to‘lanadi; samarali foiz to‘lovlari kuponli foiz stavkasining 70%ini tashkil etadi.
Qiymati to‘lanib qaytarib olinishi mumkin; qiymati to‘lanib qaytarib olish bo‘yicha to‘lov soliq solinadigan bazadan chegirma qilinmaydi.
Imtiyozli aksiyalar
Obligatsiyalar bilan bir xil, quyidagilar bundan mustasno:
dividendlar soliq solinadigan bazadan chegirma qilinmaydi;
dividendlar har doim to‘lanishi shart emas.
Oddiy aksiyalar
Kelgusi dividendlar to‘g‘risida taxmin ifodalanishini talab qiladi, odatda, ikkitadan bittasi.
Dividendlar doimiy (o‘zgarishsiz) ekanligini belgilash, ya‘ni imtiyozli aksiyalarga o‘xshash ko‘rib chiqiladi.
Dividendlar o‘sish koeffitsiyentini aniqlash g [g = taqsimlanmagan foyda ulushi (b), taqsimlanmagan foydaning daromadlilik me‘yoriga ko‘paytirilgan (r)].
Aksiya qiymatining doimiy o‘sishi taxmin qilinganda:
= + g
E 0
bunda, d0 - aksiya uchun joriy dividend (kasrning yuqori qismi - kelgusi yil dividendi, ya‘ni joriy yil dividendi plyus kelgusi yil mobaynida o‘sish), p0 esa - aksiya uchun dividendsiz joriy narx, ya'ni joriy yil dividendini o‘z ichiga olmagan narx.
Taqsimlanmagan foyda avtomatik ravishda kE qismi sifatida qo‘shiladi.