Yurtdoshlarimiz —startap”ni ko‘pincha qanday faraz qiladilar?
—Startap”ning qanday xususiyatlarini bilasiz?
—Startap” asoschilari kimlar?
— Startap’’tashabbuskor guruh qanday maqsadda ishlaydi?
— Startap”ni moliyalashtirishda qanday muammolar yuzaga
keladi?
—Startap”ning qanday turlari mavjud?
—Startap”ning nechta rivojlanish bosqichlari mavjud?
An‘anaviy —startap”lar qanday xususiyatlarga ega?
—Startap” qanday moliyalashtirish manbalariga ega?
—Startap”lar davlat tarafidan qanday moliyalashtiriladi?
—Startap”lardan investorlarning qanday manfaatlari mavjud?
11-BOB. BIZNES MOLIYASINING XALQARO JIHAT
(ASPEKT)LARI Bobning maqsadi: Ushbu bobda quyidagi masalalarni ko„rib chiqamiz:
chet el valyutasi;
xalqaro darajaga kirish bilan bog‘liq muammolar;
xalqaro investitsiyalarni baholash;
Kirish Ko‘pgina zamonaviy kompaniyalarning o‘ziga xos xususiyati ular faoliyatining bir yoki bir necha yo‘nalishlarini xalqaro miqyosda amalga oshirish darajasidir. Misol uchun, qandolat va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Cadbury Schweppes pls kompaniyasini olaylik. Bu, birinchi navbatda, Britaniya kompaniyasidir, chunki uning bosh ofisi Londonda joylashgan va aksiyalari asosan London fond birjasida sotiladi va ro‘yxatdan o‘tgan. Shunga qaramay, kompaniyaning 2003-yilgi hisobotiga ko‘ra:
kompaniya xodimlarining 87 foizi Buyuk Britaniyadan tashqarida ishlaydi;
kompaniyaning aylanma mablag‘larining 84 foizi tashqi bozorlarga tushadi;
kompaniyaning uzoq muddatli aktivlarining qariyb 90 foizi Buyuk Britaniyadan tashqarida joylashgan;
kompaniya nafaqat Buyuk Britaniyada, balki dunyoning 36 mamlakatida ham o‘z zavodlariga ega;
Buyuk Britaniyada va xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ayrimlari ishlab chiqarilgan mamlakatdan tashqarida eksport qilinadi;
kompaniya xomashyoning katta qismini mamlakat tashqarisidan sotib oladi;
kompaniyaning qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlarining katta qismi Buyuk Britaniyadan tashqarida sotib olinadi;
kompaniyaning oddiy aksiyalari London va Nyu-York fond birjalarining reestriga kiritilgan, ya'ni chet-el muassasalari va xorijiy shaxslari kompaniyaning aksiyalari ulushiga ega.
Aytaylik Cadbury Schweppes, ehtimol Britaniyaning eng yirik xalqaro kompaniyasidir, ammo uning faoliyati hech qanday noodatiy emas. Ko‘pgina yirik kompaniyalar va katta miqdordagi kichik firmalar o‘zlarinmg xalqaro strategiyalarida Cadbury Schweppesga bir qadar o‘xshash.