O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Muddati bir yildan ortiq bo„lgan investitsiyaviy imkoniyatlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə31/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Muddati bir yildan ortiq bo„lgan investitsiyaviy imkoniyatlar
Amalda investitsiyaviy loyihalarning davomiyligi kamdan-kam hollarda faqat bir yil bilan chegaralanib qoladi. Deylik, investitsiyaviy imkoniyat S0 tezkor to‘lovni nazarda tutadi. U bir - ikki yildan so‘ng tegishli ravishda S1 va S2 pul kelib tushishini ta‘minlaydi. Bizga ma‘lumki, S1 keltirilgan qiymat (kompaniyaning keltirilgan qiymatiga ta'siri) quyidagidan iborat bo‘ladi:
C
1 + r
Xuddi shu mantiqqa rioya qilib biz, deylik, A summa miqdorida kredit olishimiz mumkin. Bu kredit S2 summadan yillik foizlari bilan to‘liq qoplanadi. Shuning uchun:
C2 = A + Ar + (A + Ar)r
Bunga boshlang‘ich A kredit, birinchi yildagi shu summadan olinadigan foizlar, plyus undan ham, bundan ham ikkinchi yil uchun foizlar kiradi.
Bu ifoda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
C2 = A + Ar+ Ar+ Ar2
A ni qavsdan tashqariga chiqarsak:
C2 = A(1 + 2r+ r2)
C2=A(1 + r)2
А = C2
(1 + r )2
Mazkur mantiqqa rioya qilib, aytish mumkinki, n yil uchun (Sn) olishga hisoblangan har qanday summaning keltirilgan qiymati (PV) quyidagini tashkil qiladi:
C
PV = n—
(1 + r) n
Shunday qilib, investitsiyaviy imkoniyat NPV quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Cn
(1 + r)n

NPV = £
n=0


Bu yerda t - investitsiyaviy imkoniyatning hayot muddati. Boshqacha aytganda, loyihaning NPV - bu har yilgi barcha pul oqimlarining summasi (manfiy va musbat qiymatlarda). Ularning har biri kelgusida qancha vaqt bo‘lishini hisobga olgan holda diskontlangan. Mazkur formulada n parametri yaxlit raqam bo‘lishi shart emas. 18 oy davomida kutilayotgan pul kirimlarning keltirilgan qiymati quyidagini tashkil qiladi:

C ^18/12
(1 + r )18/12
Foiz stavkasi yildan-yilga bir xil bo‘lishi kerak degan sabablar mavjud emas; amaliyotda moliyalashtirishga ketgan xarajatlar vaqt o‘tib o‘zgarib turadi. Agar moliyalashtirishga ketgan xarajatlar birinchi yil uchun r1 va ikkinchi yil uchun r2 tashkil qilgan bo‘lsa, unda ikkinchi yil uchun keltirilgan pul oqimlarining quymati quyidagicha bo‘ladi:
C2
(1 + ri)(1 + r2)
Qayd etish kerakki, investitsiyaviy imkoniyat to‘lovlarini kelgusida oshirishni nazarda tutgan bo‘lgan holatlarda bo‘lajak qo‘yilmalarni hamda bo‘lajak kirimlarni diskontlash mantiqqa to‘g‘ri keladi.


    1. misol.

—Seagull plc” kompaniyasi press-avtomatni sotib olish orqali joriy ishlab chiqarish xarajatlari tejalishini ta‘minlay olishini aniqladi. Bozorda mazkur presslarning —Zenit” va —Super” nomli ikkita modeli mavjud. Quyida ular haqida ma‘lumot berilgan.







Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin