O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Diskontlash: boshqa tomondan nazar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə33/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Diskontlash: boshqa tomondan nazar
3.1-misolga qaytamiz. “Zenit” press-avtomatini yuzaki baholash asosida uni sotib olish maqsadining muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Chunki uning qiymati (20 000 f. st.) bir yilda 29 000 f. st. miqdorda umumiy iqtisod, ya‘ni 9000 f. st. foyda qilishga imkon berar edi. Biroq sinchiklab qaralganda, mazkur baho to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, chunki hech bir ratsional investor barcha funt sterlinglarning bir-biriga muqobilligini hisobga olmaydi. Biz bir yildan keyingi 1 f. st. ga nisbatan bugungi 1 f. st.ga ustuvor deb qarashimiz lozim. Bu holat besh yildan keyin inflyatsiya ta‘sir qilganda ham 1 f. st.ga bo‘lgan munosabat o‘zgarmasligi lozim. Chunki bugun 1 f. st.ga ega bo‘lib, uni qarzga bergan taqdirda biz bir yildan keyin nafaqat 1 f. st.ga, balki uning foiziga ham ega bo‘lamiz.
Chunki har yilgi omonatlarni jamlash va umumiy summani dastlabki xarajatlar bilan taqqoslash mantiqiy emas.
Biror bir tovarni sotib olish Buyuk Britaniyadagi narxlarga qaraganda qimmatga tushadi. Chunki Fransiyada bu tovar 8 yevro, Buyuk Britaniyada esa 5 funt sterling turadi. Narxlar sezgirligini qiyosiy tahlil qilish uchun yevroni funt sterlingga yoki funt sterlingni yevroga aylantirish lozim bo‘ladi.
Shunday qilib, —Zenit” jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan turli pul oqimlarini taqqoslash uchun konvertatsiyani amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Odatda kelgusidagi pul oqimlarini ularning joriy qiymatiga keltirib, keyin ularni solishtiramiz. Ma‘lumki, konvertatsiya operatsiyalari diskontlash orqali amalga oshiriladi - har bir pul oqimlarini koeffitsiyentga ko‘paytirish quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
1
(1 + r) n
Shunday qilib, NPVni ma'lum muddat doirasida to‘g‘rilangan moliyaviy daromadning indikatori sifatida qayd qilish mumkin.
NPV bo‘yicha xulosalar
NPV - bu investitsiya imkoniyatlarini baholashining mutlaq mantiqiy usuli ekanligini ko‘rdik. U mantiqiy, demak, foydalidir, chunki u quyidagi xususiyatlarga ega:
  • Bu konsepsiya aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish (kompaniyaning qiymatini oshirish) maqsadlariga bevosita bog‘liqdir.


U kapital qo‘yilmalar va foyda ko‘rish muddatini to‘liq hisobga oladi, ya‘ni pulning vaqt qiymatini to‘g‘ri aks ettiradi. Boshqacha aytganda, NPV ko‘rsatkichi investitsiyalarni moliyalashtirish


xarajatlarini inobatga oladi.
  • U qaror qabul qilish bilan bog‘liq barcha ahamiyatli, miqdoriy moliyaviy ma‘lumotlarni hisobga olish imkonini beradi.


  • Ko‘rsatkich amalda qulay, ishlatish uchun oson (kutilayotgan pul oqimlarining belgilanishi sharti bilan) va qaror qabul qiluvchiga u aniq signal berishi kerak.


Shunga qaramasdan, amalda pul mablag‘larining kelgusidagi oqimlarini to‘g‘ri aniqlashda murakkablik borligi ta‘kidlangan.


NPV indikatori yordamida investitsiya baholashning aniq mantig‘iga qaramasdan, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda keng qo‘llaniladigan uchta yondashuv mavjud. Ushbu uchta yondashuvni ko‘rib chiqamiz.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin