O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Bir nechta baholash usullaridan foydalanish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə43/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Bir nechta baholash usullaridan foydalanish
3.2-jadvaldagi barcha yakuniy ko‘rsatkichlar 100% dan yuqoriligi o‘rganilgan kompaniyalarning aksariyati bir nechta usullardan foydalanganligini ko‘rsatadi. Bu, albatta, alohida olingan kompaniya har qanday qarorni qabul qilishda bir nechta usuldan foydalanadi degani emas. Aftidan, kompaniyalar investitsiyaviy qarorlarning mohiyatiga qarab o‘z yondashuvlarini o‘zgartiradi. Misol uchun, Arnold va Xadzopulos so‘rovda qatnashgan yirik kompaniyalarning 80%i NPV qo‘llaganligini aniqladi. Biroq ushbu 80% kompaniyaning to‘rtdan uch qismi barcha qarorlarni qabul qilishda NPVni ishlatgan. Boshqa tomondan, ushbu 80% ning taxminan 4%i tilga olingan usuldan kam foydalangan. Umuman olganda, ko‘plab kompaniyalar bir vaqtning o‘zida muayyan investitsiya loyihasini baholash uchun bir nechta usullarni qo‘llashi mumkinligini ta‘kidlash mumkin.
Bir necha usuldan foydalanish darajasi yirik kompaniyalar orasida kichikroq bo‘lganlarga qaraganda yuqori. Arnold va Xadzopulosning aniqlashicha, tadqiq qilingan yirik kompaniyalarning 34 foizi to‘rttala usuldan ham, 42 foizi to‘rt usuldan uchtasini va 17% foizi to‘rt usuldan ikkitasini qo‘llagan. Makintayr va Kaultxerst ularning to‘plamidagi kichik kompaniyalarning deyarli yarmi faqat bitta usulni qo‘llaganligini aniqladi; ushbu guruhning atigi 13 foizi diskontlash usulidan foydalangan (NPV yoki IRR); Kompaniyalarning 74 foizi har doim birgina usuldan foydalangan holda, butunlay qoplash davri hisob- kitobiga tayangan.
Firmalar tomonidan bir qancha usulni qo‘llash chastotasi ortib bormoqda. Payk tomonidan 1975-yilda yirik kompaniyalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, qo‘llanilgan usullarning o‘rtacha miqdori ikkiga teng bo‘lgan. Yirik kompaniyalarni o‘rganish bo‘yicha so‘nggi uchta tadqiqot davriga kelib (1986-1997) bu miqdor uchga yetdi.
Bir nechta baholash usullaridan foydalanadigan firmalarning bunday keng tarqalishi kompaniyalarda bir vaqtning o‘zida bir qancha moliyaviy maqsadlarga e‘tibor qaratganligini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, yuqorida aytib o‘tilganidek, bu hodisaning sababi boshqaruv tajribasining yetishmasligi bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin