Egalik qiluvchilar (aksiyadorlar) kompaniya kapitalida ulushga ega.
Taqsimlanmagan foyda hisobiga, u kompaniyani moliyalashtirish manbalari orasida eng keng qo‘llaniladigan manba hisoblanadi.
Aksiyadorlar uchun yuqori riskli, kompaniya uchun esa riski kamroq; investorlar yuqori daromad darajasini kutadilar, bu esa kompaniya uchun qimmatga tushadi.
Kompaniya odatda dividendlar to‘lash bo‘yicha ham, aksiyalarni sotib olish bo‘yicha ham yuridik yoki shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi.
Dividend to‘lovlari kompaniya soliq bazasini kamaytirmaydi; bundan tashqari aksiyadorlarning dividend daromadlari soliqqa tortiladi.
Taqsimlanmagan foyda asta-sekinlik bilan to‘planishi mumkin va u har doim ham kompaniyada mavjud bo‘lmaydi, ammo undan foydalanganda emissiya uchun hech qanday xarajat qilinmaydi.
Huquqlar emissiyasi bu - mavjud aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalarni joriy bozor narxiga nisbatan chegirma bilan sotib olish huquqini berishdir. Aksiyalar mavjud aksiyalarga proporsional ravishda taklif etiladi.
Emissiya xarajatlari jalb qilingan mablag‘laming taxminan 6 foizini tashkil qiladi, ammo ko‘lami bo‘yicha tejash imkoniyati mavjud.
Huquqning bahosi u darajada muhim emas.
Huquqlar emissiyasi odatda muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Agar aksiyadorlar o‘z huquqlarini realizatsiya qilsalar, nazoratni qayta taqsimlash ro‘y bermaydi.
Agar aksiyador huquqlardan foydalanishni istamasa, ular sotilishi mumkin.
Ommaviy emissiya.
Kompaniyalarning joriy faoliyatida ancha kam kuzatiluvchi hodisa.
Emissiya xarajatlari katta - 13 foiz atrofida, ammo ko‘lami
bo‘yicha tejash imkoniyati mavjud.