O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Asosiy faoliyatga e'tibor qaratish istagi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə162/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Asosiy faoliyatga e'tibor qaratish istagi
Bir qator tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya organik rivojlanish natijasida yoki birlashishdan so‘ng, o‘z bilimi va tajribasi etarli bo‘lgan asosiy faoliyat sohasiga butun e‘tiborini qaratishi yaxshi bo‘ladi, degan xulosaga kelishi mumkin. Keyingi paytlarda bunday ratsionalizatsiya yanada keng tarqalgan bo‘lib, ehtimol, kelajak kichik va ixtisoslashgan kompaniyalarga tegishli degan qarashni o‘zida aks ettiradi. (Ushbu nuqtai nazarni keying boblarda ko‘rib chiqamiz).
Butun e‘tiborini asosiy faoliyatga qaratish istagi sabab bo‘lgan bunday sotishga so‘nggi misollardan biri Buyuk Britaniyaning qator yirik supermarketlariga tayyor taomlar yetkazib berish shug‘ullanuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan Northern Foods plc kompaniyasi bo‘la oladi. 2003-yilning sentyabr oyida Northern Foods o‘z biznesining bir qismini, ya‘ni, yalpizli karamel ishlab chiqaruvchi Fox‘s va boshqa taniqli qandolat brendlarini Big Bear Ltd kompaniyasiga sotib yubordi.
Datta va Iskandar-Datta (Datta and Iskandar-Datta, 1996) Buyuk Britaniya bo‘yicha ma'lumotlarni o‘rganib, strategik jihatdan kompaniyaning asosiy faoliyatiga mos bo‘lmagan aktivlarni sotish maqsadida olib borilayotgan divestitsiyalar, odatda, aksiyadorlar farovonligi uchun foydali bo‘lishini aniqladilar.
Kompaniyaning “muammo” qismidan qutilish istagi
Tipik muammolardan biri - daromadlilikning yetarli emasligidir. Asosiy faoliyatga diqqatni jamlash istagi bilan birga ushbu sabab sinergiyaga qarama-qarshi hodisaga misol bo‘ladi: 5 + 1 = 4, bu yerda qismlar summasi natijadan kattaroqdir.
Pul mablag„lari jalb qilish zarurati
Pul mablag‘lari jalb qilish zarurati kompaniya faoliyatining boshqa yo‘nalishlariga, jumladan, birlashishlarga mablag‘ investitsiyalash istagi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelishi mumkin. Keyingi paytlarda kuzatilgan ko‘plab bunday —arzongarov sotish” yoki —tashlab ketish”laming sababi [quyidagi o‘rinlarga qarang], leverej darajasini pasaytirish uchun pul mablag‘lari jalb qilish istagi bo‘ldi. 2004-yil noyabr oyida Marks and Spenser plc ingliz chakana savdo kompaniyasi moliyaviy xizmatlar bo‘limining (M and S Money) bir qismi - HSBC plc bank kompaniyasini 762 million funt sterlingga sotib, undan xalos bo‘lgan. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu holatda mablag‘lar Marks and Spenser 2004-yilning oxirida o‘z aksiyalarining salmoqli qismini sotib olishni moliyalashtirish uchun talab qilingan edi.
GKN plc mashinasozlik kompaniyasi vertolyot ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘limining (AgustaWestland) 50% ini o‘z sherigi Italiyaning Finmeccanica Spa kompaniyasiga sotdi. 2004-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan shartnoma kompaniyaga 1 mlrd. f.st. jalb qilish imkonini berdi. GKN ushbu mablag‘lardan qarzlarning bir qismini to‘lash va yangi kompaniyalar sotib olishni moliyalash uchun foydalanishni rejalashtirdi.
Ayrim —chiqarib yuborish”lar, ayniqsa, kichik biznes ishtirokida moliyaviy majburiyatlarni bajara olmaslik oqibatida tugatish (bankrotlik)dan qochish uchun mablag‘ to‘plash zarurligiga bog‘liq.
Ushbu yondashuvga misol sifatida so‘nggi yillarda Angliya premyer-ligasidagi ayrim futbol klublari tomonidan o‘zining yetakchi futbolchilari sotuvini (masalan, Leeds United klubi shuning oqibatida keyinchalik quyi ligaga tushib ketgan) keltirish mumkin.
Mohiyatan, divestitsiyalar (divestments) birlashishlarga qarama- qarshi tushunchadir. Umuman olganda, yaqinda kuzatilgan
divestatsiyalarning ko‘pchiligi 1970 va 1980-yillardagi shafqatsiz birlashish natijasida paydo bo‘lgan sho‘‘ba korxonalar bilan bog‘liq.
Divestitsiyalar samaradorligini baholashdagi murakkablik sotuvchi bilan xaridorning korporativ maqsadlari hisoblanadi. Aksiyadorlar farovonligi asosiy moliyaviy mezon ekanligini hisobga olsak, har ikki tomon ham NPV nuqtayi nazaridan moliyaviy foyda va xarajatlarni tahlil qilishi lozim.
Divestitsiyalarni amalga oshirishning turli usullari mavjud. Keling, ularning eng muhimlarini qisqacha ko‘rib chiqaylik.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin