Kurtaklash Kurtaklashda (spin-off) kompaniyaning bir qismi yangi, mustaqil firmaga aylanadi (ehtimolki, birjada ham kotirovka qilina boshlaydi), mavjud aksiyadorlar esa uning aksiyalarining o‘ziga tegishli qismini oladi bunda mulkdorlar o‘zgarishi kuzatilmaydi. O‘zgarish shundan iborat bo‘ladiki, endi aksiyadorlar kompaniyaning ajratilgan qismiga asosiy kompaniya vositachiligida emas, balki bevosita egalik qiladi. Kurtaklashga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
butun kompaniyani yutib yuborishga urinishning oldini olish istagi. Ehtimol, biznesning kurtaklangan qismining qiymati etarlicha baholanmayotgan bo‘lishi mumkin (egallab olish tashabbuskoridan boshqa barcha tomonidan). Kompaniyaning juda qimmatbaho qismini kurtaklash orqali bozor uni mustaqil bir birlik sifatida baholay oladi. Bu esa kompaniyaning o‘zini egallab olish uchun jozibali qilmay qo‘yishi mumkin. Bu jihat kapital bozori samaradorligiga ishonchsizlikni aks ettiradi.
2000-yilda R and O plckompaniyasidan dengiz sayohatlarini tashkil qilish bo‘limi ajratildi. Bunda R and O aksiyadorlari hozirgi kunga qadar o‘z ulushlarini saqlab qolishdi va qo‘shimcha ravishda R and O dagi har bir aksiyasi uchun yangi tashkil etilgan R and O Princess Cruises plckompaniyasidan bitta aksiyaga ega bo‘lishdi.
Kurtaklashdan so‘ng ikkala kompaniya ham fond birjasida kotirovka qilingan. Boshqaruv kengashi raisi R and O aksiyadorlariga yo‘llagan o‘z maktubida kurtaklash shartlarini izohlab shunday yozgan edi: —R and O da ham, R and O Princess Cruises plc da ham o‘z strategiyalarini mustaqil amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lmoqda va bu ularning uzoq muddatli maqsadlariga mos keladi. Bundan tashqari, maydalashtirish (demerger) har ikki kompaniyaning qiymati bozor tomonidan to‘liq hisobga olinishiga olib kelishi kerak, chunki investorlar alohida kompaniyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq hisobga olishi mumkin”.
2001-yilda Buyuk Britaniyada chakana do‘konlar tarmog‘iga ega bo‘lgan Kingfisher plc o‘z tarkibidan markaziy ko‘chalarda joylashgan do‘konlarga egalik qiluvchi Woolworth Group plcni ajratib chiqardi. Aftidan, bu Kingfisher kompaniyasining fikriga ko‘ra, o‘zining asosiy faoliyati —O‘zing qil” do‘konlariga diqqatni jamlash maqsadida amalga oshirilgan edi.