Birlashish - boshqa kompaniyadan uni nazorat qilish uchun etarli bo‘lgan aksiyalar paketini sotib olish.
Organik rivojlanishga muqobil sanaladi. (Kompaniyaning organik rivojlanishi kompaniya ichida ishlab chiqilgan yangi loyihalar tufayli rivojlanishdir).
Birlashishlar nishon-kompaniya aksiyadorlari va xaridor kompaniya aksiyadorlari tomonidan NPV tamoyillari asosida, ya‘ni, aksiyadorlar farovonligini oshirish mantig‘i nuqtai nazairdan baholanadi.
aksiyalar bilan to‘lash nishon-kompaniya aksiyadorlari orasida ommabop bo‘lishi mumkin; Shu bilan birga, xaridor kompaniyaning aksiyadorlik kapitalini nazorat qilish zaiflashadi; sotib oluvchi uchun leverej bilan bog‘liq oqibatlar ham yuzaga keladi.
Obligatsiyalar bilan to‘lash, odatda, ayni paytda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilayotgan investorlar orasida ommabop emas; Bundan tashqari, xaridor uchun leverej bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.
Birlashish natijalari ziddiyatli; so‘nggi yillarda birlashish biroz muvaffaqiyatli kechmoqda.
Kompaniyaning menejment tomonidan sotib olinishi (MBO):
MBO - kompaniyaning bir qismini o‘z xodimlarining bir guruhiga sotish.
Ko‘pincha yirik miqdorda qarz mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan moliyalashtiriladi (“qarz mablag‘lari yordamida sotib olish”).
Ishtirokni sotib olish - tashqi investorlar guruhi kompaniyaning bir qismini sotib oladi.
Chiqarib yuborish - bir kompaniya o‘z qismini boshqa kompaniyaga sotadi.
Kurtaklash:
Kurtaklash - kompaniyaning bir qismini ajratish, yangi kompaniya tashkil etish va boshlang‘ich kompaniya aksiyadorlari uchun har birining ulushiga mos ravishda aksiyalar chiqarish.
Odatda, ikkita sababdan biri tufayli amalga oshiriladi.