REZYUME Biznesni xalqarolashtirish -ko‘plab kompaniyalar m‘alum bir holatda, xalqaro darajada faoliyat ko‘rsatadilar;
-investitsiyalashning keng imkoniyatlari va turli xil moliyalashtirish vositalari kompaniyaning qiymatini oshirishiga xizmat qiladi.
Valyuta bozori -talab va taklif asosida narxlar shakllangan joyda bozor mavjud bo‘ladi:
-banklarning hatti-harakati sababli narx jihatidan bozor doim ham samarali bo‘lavermaydi.
-valyuta oldi-sotti operatsiyalari (valyuta almashinuvi) darhol to‘lov (spot kurs) orqali yoki kelajakda ma'lum bir sanada (misol uchun, bir oy yoki bir yil keyin) boshqa (forvard) kurs bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin:
-valyuta dilerlari ikki spot kursini o‘rnatdilar (masalan, AQSH dollari har bir funt sterlingga nisbatan) - birinchisi (arzonroq) chet el valyutasini sotish uchun va ikkinchisi (qimmatroq) sotib olish uchun.
Valyuta kurslarining nazariy tavsifi
yagona baho qonuni - barcha mamlakatlarda tovarlar yoki xizmat bahosi bir xil bo‘lishi, valyuta kurslarini mavjudligini ta'minlaydi.
xarid qobiliyati pariteti - turli mamlakatlardagi inflyatsiyaning turli stavkalari yagona baho qonuniga amal qilish uchun valyuta kurslarining o‘zgarishiga olib keladi
fisher effekti - mamlakatlardagi real foiz stavkalarining ta'siri, bu turli mamlakatlardagi inflyatsiya darajasining nominal (joriy) foizlarda ta'siri bilan ta'minlanadi.
foiz stavkasi pariteti - turli mamlakatlarda turli nominal foiz stavkalari mavjud bo‘lsa, valyuta kursi vaqt oralig‘ida o‘zgaradi.
Valyuta riski
tranzaksion risk - bu kredit muddati davomida valyuta riskini o‘zgarishi hisobiga zararlarga olib keladigan muammo.
o‘rtacha hisob-kitoblarga ko‘ra, kompaniya valyuta kursi o‘zgarishidan daromad olishi va zarar ko‘rishi mumkin.
umumiy qoidalar ishlamaydigan xavfli strategiya, masalan, yirik yoki odatiy bo‘lmagan shartnomada.