Aksiyalarning bozor qiymati va aksiyaga to„g„ri keladigan foyda nisbati (R/E) Aksiyalarning bozor qiymati va foyda miqdori nisbatini baholashga asoslangan yondashuv dividend daromadi bo‘yicha baholash uslubiyotiga o‘xshash. Farq shundan iboratki, mazkur yondashuv doirasida asosiy e‘tibor dividendlarga emas balki foydani baholashga qaratiladi, ikkita o‘xshash kompaniya uchun R/E koeffitsiyenti miqdori bir xil bo‘ladi.
Misol 12.2 C plc va D Ltd kompaniyalar o‘lchami, faoliyat shakli, moliyaviy leverej va dividend qoplamasiga ko‘ra o‘xshash. C plc kompaniya aksiyalari birjada kotirovka qilinadi, D Ltd aksiyalari esa — yo‘q. R/E koeffitsiyenti C plc uchun 12 ga teng; so‘nggi yillarda soliqlar to‘langandan keyin D Ltd har bir aksiyasiga to‘g‘ri keladigan yillik foyda 0,30 f. st. ni tashkil qilgan. D Ltd aksiyalarining qiymati qanday?
Bajarilishi: Quyidagini yodga olamiz:
R/E = aksiyalarning joriy bozor qiymati / soliqlar to‘langandan keyin har bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda.
D Ltd (pD) aksiyalar qiymatini olamiz:
12 =pD/0,30
pD = 3,60 f. har bir aksiya uchun.
Ko‘rinib turibdiki dividend daromadi bo‘yicha baholashga deyarli barcha yondashuvlar mazkur yondashuv doirasida amal qiladi. R/E, koeffitsiyentini hisobga olish bilan bog‘liq yondashuv dividend siyosati muammosini aylanib o‘tadi.
Amaliyotda mazkur yondashuv qoidaga ko‘ra aksiyador kompaniya faoliyatini nazorat qilganda aksiyalarning nazorat paketini baholash uchun foydalaniladi.
Sof aktivlar Aktivlar qiymati nuqtayi nazaridan kompaniyani baholash bilan bog‘liq yondashuvni ko‘rib chiqamiz.
Misol 12.3 Quyidagi E Ltd kompaniyasining balans hisoboti keltirilgan. Kompaniyaning bitta aksiyasi qiymati qanday bo‘ladi?
31-dekabr holatiga ko„ra E Ltd kompaniyasining balans hisoboti