Kichik biznes sohasidagi ishchi kapital
xususiyatlari
Aytish mumkinki kichik kompaniyalar yirik tashkilotlardan ishchi kapital tarkibiga ko‘ra farqlanadi. Mazkur tendensiyaning eng yorqin sababi - ko‘lam ta'siri afzalliklaridan foydalanish layoqati yo‘qligi va bozordagi cheklangan ta‘sirdir.
Zaxiralar Mazkur dalilni tasdiqlovchi statistika mavjudligiga qaramasdan kichik biznes korxonalari yirik raqobatchilarga qaraganda ancha katta zaxiralarni saqlaydilar.
Mazkur tendensiya quyidagi sabablar bilan tushuntiriladi:
zaxiralarni saqlash sohasida ko‘lamni iqtisod qilish tamoyilining umumiy faoliyat tendensiyasi: o‘z tovar aylanmasini ikki marta
oshirayotgan kompaniya saqlanayotgan zaxiralarni ikki marta oshirishga ehtiyoj sezmaydi;
xarid hajmiga tovar narxlari chegirmalarini olish uchun minimal zarur bo‘lgan buyurtmalarni joylashtirish;
muddatida aniq usullardan foydalanish imkoniyati yo‘qligi» (JIT), yetkazib beruvchilar agar xarid hajmi yuqori bo‘lmasa mazkur usulni qo‘llashga tayyor bo‘lmaydilar.
Debitor qarzdorlik Ko‘rinib turibdiki, kichik biznes vakillari yirik biznes vakillariga qaraganda katta nisbatda debitorlarni moliyalashtirishga majburdirlar. Uilson va Sammers (Wilsonand Summers 2002) ancha kichik kompaniyalar sotuvlarda raqobat kuchi natijasida yirik kompaniyalarga yutqazishini aniqlanadilar va bu ancha uzoq muddatdagi debitorlik qarzlariga ko‘nishga majbur qiladi.
Morrison (Morrison 2003) kredit operatsiyalarini boshqarish bo‘yicha tadqiqot markaziy tomonidan olingan ma‘lumotlarga e‘tibor qaratdi, unda ko‘rsatilishicha kichik kompaniyalar debitorlik qarzlari to‘lovini o‘rtacha 19 kun ko‘p kutadilar. Bu shuni bildiradiki, ancha kichik kompaniyalar uchun sotishdan tushgan tushumdagi debitorlik qarzdorlik ulushi ancha yirik kompaniyalarga qaraganda 46% ga ko‘pdir.