Imtiyozli aksiyalar bo„yicha dividendlarni soliqqa tortiladigan daromad summasidan chiqarish imkoniyati Buyuk Britaniya soliq tizimi umumiy va imtiyozli aksiyalarni farqlamaydi; shunday qilib imtiyozli aksiyalar, shuningdek, oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar ham korporatsiya solig‘ini to‘lashda soliqqa tortiladigan bazadan chegirib tashlanmaydi.
Nazorat va harakat erkinligiga ta'sir Odatda, ommaviy aksiyalar oddiy aksiyadorlarni cheklovlar bilan juda ham chegaralab qo‘ymaydilar. Ko‘pgina imtiyozli aksiyalar egalariga ovoz berish huquqini faqat dividendlar muddati o‘tgan taqdirda beradi. Umuman olganda imtiyozli aksiyadorlar ovoz berish huquqiga ega emaslar.
Imtiyozli aksiyalar bilan bog„liq potensial investorlar tomonidan hisobga olinadigan omillar Daromad darajasi Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha daromad darajasi odatda past bir kompaniyaning oddiy aksiyalari bo‘yicha daromadlardan ancha past. Odatda, daromad olish shakli bo‘lib faqat dividendlar hisoblanadi, chunki imtiyozli aksiyalar narxi kamdan-kam hollarda o‘zgaradi.
Daromadlar bilan bog„liq risklar Odatda, risk darajasi, oddiy aksiyalar va obligatsiyalar bo‘yicha risklar darajalari orasida joylashadi. Bu asosan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar oldida ustunlikka ega bo‘lganligi uchun yuz beradi.
Investitsiyalarni tugatish soddaligi (imtiyozli aksiyalardan xalos bo„lish) Agar imtiyozli aksiyalar emissiya shartlariga ko‘ra qayta sotib olinishi yoki fond bozorida muomalada bo‘lsa, ularga qo‘yilgan mablag‘larni qaytarish mumkin. Bunday shartlardan hech bo‘lmasa birining bajarilmasligi, investorlarning imtiyozli aksiyalar sotib olish istagini susaytiradi.
Imtiyozli aksiyalar va daromad solig„i Dividendlar daromad sifatida soliqqa tortiladi.
Nazorat darajasi Agar dividendlarni to‘lash muddati o‘tmagan bo‘lsa imtiyozli aksiyalar odatda ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydi va shunga muvofiq real kuchga ega bo‘lmaydi.