Derivativlar Investorlar nafaqat qimmatbaho qog‘ozlarni, balki qimmatli qog‘ozlar kursi bilan bog‘liq derivativlarni ham sotib olishi va sotishi mumkin. Masalan, investorlar birja opsionlarini xarid qilish va sotish imkoniga ega. Ular qimmatli qog‘ozlarni oldindan belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini (lekin majburiyatni emas) qo‘lga kiritishi mumkin.
Masalan, investor —Boots Group plc” dorixona kompaniyasi aksiyalarining narxi oshishini taxmin qilgan holda, ularni muayyan sanagacha oldindan belgilangan narxda muayyan miqdorda xarid qilish uchun opsionni sotib olishi mumkin. Bunday opsion xaridor opsioni yoki “koll” opsioni (call option) deb ataladi va uning narxi qimmatli qog‘ozlar miqdori, belgilangan xarid narxi (call price) hamda opsionni bajarish sanasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bajarish sanasiga kelib Boots Group plc aksiyalarining bozor narxi belgilangan xarid narxidan yuqori bo‘lsa, u holda investor aksiyalar xaridi uchun opsiondan foydalanadi. Sotish huquqini beruvchi opsion sotuvchi opsioni yoki —put” (put option) opsioni deb ataladi. Ba‘zi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hatto opsionning o‘zi ham xarid qilinishi yoki sotilishi mumkin (bu savdo opsioni deb deb ataladi [traded option]).
Hosila qimmatli qog‘ozlarga yana bir misol (1-bobga qarang) - aksiyalarga opsionlar (share options) bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar kursi bilan bog‘liq ko‘plab derivativlarning biri sanaladi.
Buyuk Britaniyaning ikkilamchi kapital bozorida
LFB ning o„rni Buyuk Britaniya qonunchiligi ikkilamchi kapital bozoridagi barcha bitimlar LFB orqali amalga oshirilishini talab etmaydi. Uzoq vaqt davomida LFB tuziladigan bitimlar hajmi bo‘yicha Britaniya ikkilamchi bozorida yetakchi bo‘lgani va shunday bo‘lib qolayotganiga qaramay, hajman cheklangan bo‘lsa-da, boshqa bozorlar ham mavjud.
Masalan, birjadan tashqari bozorlarga (over-the-counter markets, USM) xizmat ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlari bo‘lib, u yerda firmalar qimmatli qog‘ozlarning muayyan to‘plami bo‘yicha marketmeykerlar sifatida faoliyat yuritadi. Qimmatli qog‘ozlar agentlar yordamisiz investorlarga sotiladi va ular tomonidan sotib olinadi, buni ko‘p jihatdan eski jihozlarni sotuvchilar faoliyatiga o‘xshatish mumkin.
Amaliyot - xususan, birjadan tashqari bozorning mavjudligi - agar investitsion jamiyat a‘zolari LFB kerakli xizmatlarni o‘zlari to‘lashga qodir bo‘lgan narxda taqdim etmasligini his qilishsa, boshqa bozorni topishga intilishi mumkinligini ko‘rsatadi.