O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə85/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Bitim tuzish jarayoni
Amalda, 1980-yillarning o‘rtalariga qadar LFB dagi barcha bitimlar birja maydonida amalga oshirilgan. Har bir dilerlik kompaniyasi o‘zining xususan “kiosk”iga ega bo‘lib, u yerga maklerlar o‘z mijozlari nomidan bitimlar tuzish uchun tashrif buyura olishardi. Eng maqbul narxlarda bitimlar tuzish uchun maklerlar narxlarni taqqoslash maqsadida muayyan qimmatli qog‘ozlar ishtirokida operatsiyalarni amalga oshiruvchi barcha birja savdogarlarining yoki ularning yetarli qismining xonalariga kirib ko‘rishi kerak edi. Hozirda LFB maydonchasi haqiqatda kompyuterlashtirilgan dilerlik tizimini o‘zida aks ettirsa-da, mohiyatan, bitimlar tuzish jarayoni xuddi avvalgidek qolavergan. Fond birjasi avtomatlashtirilgan kotirovkalari elektron tizimi (Stock Exchange Automated Quotation system - SEAQ) dilerlarga o‘z narxlarini birja a‘zolari va unga a‘zo bo‘lmagan manfaatdor tomonlarga displeyda ko‘rsatish hamda bu narxlarni muntazam yangilab turish imkonini beradi. Tizim, shuningdek, LFB a‘zolariga, ofisdan chiqmasdan turib, SEAQ ga ulangan terminaldan foydalangan holda operatsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish imkonini beradi.
Investitsion jamiyat a'zolari u yoki bu qimmatli qogtozni xarid qilish yoki sotishni xohlasa, ular, odatda, o‘z makler (dallol)iga qo‘ng‘iroq qilishadi yoxud elektron pochta orqali xabar yuborishadi. Makler darhol turli o‘yinchilar savdoni boshlashga tayyor bo‘lgan narxlarni ko‘rsatishi mumkin. Odatda, bu narxlar bir dilerdan boshqasiga nisbatan farq qiladi. Buning sababi, muayyan qimmatli qog‘ozning qiymati dilerlar tomonidan turlicha aniqlanishi mumkin. Muayyan vaqt uchun taklifning narxiga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarga egalikka nisbatan aniq o‘yinchining pozitsiyasi ham ta‘sir qiladi. U yoki bu qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ayiq pozitsiyasini egallagan diler buqa pozitsiyasini egallagan dilerga qaraganda yuqoriroq narx to‘lashga tayyor bo‘lishi mumkin. Aniq qimmatli qog‘oz bo‘yicha va aniq dilerga SEAQ ekranida ikkita narx ko‘rsatiladi. Ulardan kamrog‘i bo‘yicha diler xarid qilishga, yuqorirog‘i bo‘yicha esa sotishga tayyor bo‘ladi. Shu kabi ma‘lumotlardan birjaning barcha a‘zolari hamda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishni xohlagan har qanday boshqa shaxslar foydalanishi mumkin. Makler mijozning kimligidan - potensial xaridor yoki potentsial sotuvchi ekanligidan - kelib chiqqan holda o‘z mijozi uchun eng maqbul narxni aytishi mumkin. Mijoz maklerga shu eng maqbul narx bo‘yicha bitim tuzishni yoki aksincha, hech narsa qilmaslikni buyurishi mumkin. Agar mijoz bitim tuzilishini xohlasa, makler darhol buning uchun zarur bo‘lgan birja savdogari bilan hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiz mazkur operatsiyani amalga oshiradi (SEAQ terminalidan foydalangan holda). Makler bilan diler o‘rtasidagi samarali aloqa SEAQ orqali amalga oshiriladi. Tizim savdo amalga oshgani haqida qatnashchilarni avtomatik ravishda xabardor qiladi va ushbu bitim tafsilotlarini qayd qiladi. SEAQ ma‘lumotlarini istalgan odam qo‘lga kiritishi mumkinligiga qaramay, faqat LFB a‘zolarigina ushbu ma‘lumotlardan SEAQ orqali savdo qilish uchun to‘g‘ridan- to‘g‘ri foydalanishi mumkin.
Maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar o‘z mijozlaridan komissiya undiradi va u ularning daromad manbai sanaladi. Ushbu bitim xarajatlari, xususan, uncha katta bo‘lmagan bitimlarda salmoqli bo‘ladi, lekin odatda, yirik operatsiyalarda mutanosib ravishda kamayadi.
Maklerlar kamdan-kam hollarda o‘z rolini tor ma‘nodagi oldi-sotdi bo‘yicha agent sifatida ko‘rib chiqib, mijozlarga investitsiyalar bilan bog‘liq professional xizmatlar to‘plamini taklif etadi. Albatta, ular investitsion bitimlarni o‘tkazish uchun bir-biri bilan raqobatlashadilar. Ularning orasida maslahat berish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi xizmat ko‘rsatadiganlari, katta ehtimol bilan, ko‘proq komissiya olishi mumkin.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin