O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Bozor samaradorligining kuchsiz shakli bo„yicha tadqiqotlar natijalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə93/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Bozor samaradorligining kuchsiz shakli bo„yicha tadqiqotlar natijalari.
Raqobatbardosh bozorda tasodifiylik paydo bo‘lishi birinchi marotaba Bashele (Bachelier) tomonidan aniqlanib, u olis 1900-yilda buni Parij birjasidagi tovar narxlarining tavsiflari sifatida qayd etgan. Bu mavzuga qiziqish bir necha yildan so‘ng yana qayta jonlanmaguncha, uning bu kashfiyoti sezilmasligicha qolavergan.
Kendall (Kendall 1953) LFB bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar kurslari muntazam sikl bo‘yicha o‘zgarib turishini anglatuvchi o‘sha davrning mashhur nuqtayi nazariga rioya etgan holda, o‘zgarish sxemasini aniqlashga urinib ko‘rdi, ammo u mavjud emas, narxlar tasodifiy tartibda o‘zgaradi, degan xulosaga keldi.
Samaradorlik va tasodifiylik shundan dalolat beradiki, turli kunlarda narxlarning harakati o‘rtasida hech qanday tizimli bog‘lanish yo‘q. Masalan, ba‘zi kuzatuvchilar agar bugun qimmatli qog‘ozlar kursi oshgan bo‘lsa, u ertaga ham oshishi ehtimolga yaqin, deb o‘ylashadi. Boshqacha aytganda, kurslar o‘zgarishida trendlar mavjud. Xuddi shuningdek, aksincha haqiqatni ko‘radiganlar ham bor: bugun bahoning 149
ortishi ertaga yaqqol pasayishini anglatadi. Ushbu yondashuvlar, albatta, samaradorlikka qandaydir ishonchni o‘zida aks ettirmaydi.
    1. va 5.3-rasmlarda tanlangan davr uchun muayyan qimmatli qog‘ozlar uchun keyingi kunga (t+1) qarab ko‘rsatilgan bir kun (t) uchun qimmatli qog‘ozlar kursidagi o‘zgarishlar keltirilgan. Grafiklardagi har bir nuqta bir kun uchun muayyan qimmatli qog‘ozlar kursining o‘zgarishi bo‘lib, xuddi o‘sha qimmatli qog‘ozlarning kelgusi kun uchun kursiga qarab ko‘rsatilgan. 5.2-rasmda ijobiy korrelyatsiya mavjud


bo‘lib, u bugun qimmatli qog‘ozlar kursining ortishi keyingi kuni yana ortishi bilan izohlanadi. 5.3-rasmda salbiy korrelyatsiya mavjud bo‘lib, bugun qimmatli qog‘ozlar kursining o‘sishi keyingi kuni pasayishiga olib keladi..

5.2-rasm

5.3-rasm

Bir kunda kursni

o zgarishi

Bir kunda kursni

o zgarishi


Ko‘p hollarda ikki yoki undan ortiq kunlar yoki hafta davomida qimmatli qog‘ozlar kurslari o‘rtasidagi o‘zgarishlar bog‘lanishini aniqlashga urinishlar qilindi va har gal qandaydir ijobiy yoki salbiy bog‘lanish mavjud emasligi ma‘lum bo‘ldi. Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qimmatli qog‘ozlar kursidagi o‘zgarishlar tasodifiy sonlar generatoridan foydalanilganda yuzaga keladigan model turiga juda o‘xshaydi. Aftidan, Fama (Fama, 1965) tomonidan o‘tkazilgan testlar korrelyatsiya bo‘yicha yangi tadqiqotlar orasida eng yuqori bahoga ega bo‘lgan. Breyli (Brealey, 1970) va Kanningem (Cunningham, 1973) ham LFB da qimmatli qog‘ozlar kurslari bo‘yicha o‘xshash tadqiqotlar o‘tkazdilar va samaradorlikning kuchsiz shakliga oid qator isbotlarni keltirdilar.

Texnik tahlilda qo‘llaniladigan qoidalarning aksariyati eksperimental tarzda sinovdan o‘tkazildi. Masalan, Aleksandr (Alexander 1961) filtrlash qoidasini qo‘llab, me'yoridan ortiq daromadlilikni ta‘minlash mumkinligini aniqlagan, ammo u holda dilerlik xarajatlari barcha foydani yutib yuboradi. Drayden (Dryden 1970) Buyuk Britaniyadagi qimmatli qog‘ozlar kursini filtrlash qoidasini qo‘llagan holda shunga o‘xshash xulosaga kelgan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin