O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Takrorlanuvchi modellarni aniqlash



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə92/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Takrorlanuvchi modellarni aniqlash
Bir necha yillar mobaynida muayyan qimmatli qog‘ozning kursi 9.1-rasmda keltirilgan davriy sxemaga muvofiq o‘zgargan deb faraz qilamiz. Shubhasiz, biz bu yerda yetarlicha muntazam siklga ega modelni ko‘ramiz. t vaqtda davriy o‘zgaruvchanlikning shunday shaklini payqab qolsak, qanday yo‘l tutishimiz lozim? Albatta, ushbu qimmatbaho qog‘ozlarni xarid qilishingiz va ularning narxi keyingi eng yuqori nuqtaga chiqqunga qadar saqlab qo‘yishingiz kerak, keyin esa ularni shartta sotasiz. Keyingi narx eng pasaygan nuqtada yanada ko‘proq xarid qilish lozim va buni pul topishdan zerikib ketguncha amalga oshiraverasiz! Bularning hammasi haqiqat bo‘lishi uchun haddan tashqari yaxshi ko‘rinadi. Haqiqiy hayotda ushbu eng yuqori va eng quyi nuqtalarning navbatlashib turishini payqab turgan yagona odam biz emasmiz, aslida, ular juda ko‘p. Eng yuqori nuqtada sotishga biz kabi boshqalar ham harakat qiladi.
Narxning eng yuqori nuqtasida bir necha potensial xaridor harakatga kelgach, narx tushib ketadi. Buni his etgan holda, barchadan oldinroq sotishga, narx tushib ketishini dog‘da qoldirishga harakat qilishimiz kerak, ammo bu faqat narx tushishini tezlashtiradi. Bundan shunday mantiqiy xulosa kelib chiqadiki, aslida, narx hech qachon yuqori nuqtagacha ko‘tarilmaydi. Eng past nuqtaga erishish va uni o‘tkazib yubormaslik uchun biz hamisha yanada oldinroq sotib olamiz, bu esa narx tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bularning barchasi esa eng past nuqtaga ham hech qachon erishilmasligini anglatadi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, agar narx harakatining o‘tmishdagi modellarini o‘rganib, bu takroriylikdan foydalanmoqchi bo‘lgan investorlar yetarli miqdorda bo‘lsa, bunday takroriylik shunchaki sodir bo‘lmaydi. Aslida, u yoki bu qimmatli qog‘ozning narx grafigi 5.1-rasmda ko‘rsatilgan gorizontal punktir chiziqqa yaqinlashishi ehtimoli ko‘proq.

    1. -rasm. Gipotetik qimmatli qog„ozning kundalik kursining vaqt


      bo„yicha o„zgarish grafigi



Agar ushbu model amalga oshishi kutilsa, investorlar o‘zining xarid qilish va sotish bo‘yicha harakatlari bilan shunday qiladiki, bu model ishlamay qoladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin