Samaradorlik va reaksiya tezligi
Samaradorlik nafaqat narxlarning yangi ma‘lumotlarga ratsional munosabatda bo‘lishi, balki ularga reaksiya tezkor bo‘lishini ham talab qiladi. Albatta, ayniqsa, bizning arzon aloqa va elektron ma‘lumotlarni qayta ishlash davrida ma‘lumotlarni uzatish, olish va tahlil qilish, tahlil natijalari yana uzatish, olish hamda xarid qilish yoki sotishda foydalanish tezligi juda yuqori.
Tezkor xatti-harakatlarga qodir bilimdon va kuchli motivatsiyaga ega kuzatuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi bois, LFB kabi murakkab ikkilamchi kapital bozori qimmatli qog‘ozlar kurslarini o‘rnatishda samarali bo‘ladi, deyish uchun bizda yetarlicha asoslar bor. Endi savol tug‘iladi: u amaliyotda samaralimi?
Kapital bozorlari tadqiqi
Samaradorlik shakllari
Shunday qilib, samaradorlikni baholashga urinishlar kapital bozorlari samarali yoki samarali emasligini aniqlash uchun emas, balki ular qay darajada samarali ekanligini ko‘rsatib berishga mo‘ljallangan. Roberts (Roberts, 1967) samaradorlik va unga bag‘ishlangan tadqiqotlarni uch bo‘lim bo‘yicha tasniflashni taklif qiladi.
Kuchsiz shakl (weak form). Agar bozor samaradorligi shu darajada bo‘lsa, unda avvalgi kurs o‘zgarishlarida mavjud bo‘lgan har qanday ma‘lumot qimmatli qog‘ozlar qiymatida allaqachon hisobga olingan bo‘ladi.
O„rta shakl (semi-strong form). Samaradorlikning bunday shakli barcha muhim ommaviy axborotlarning qimmatli qog‘ozlar kursida qayd etilganligini nazarda tutadi.
Kuchli shakl (strong form) barcha muhim ma‘lumotlar, shu jumladan, faqatgina imtiyozli holatga ega shaxslar (masalan, menejerlar) olishi mumkin bo‘lgan ma‘lumotlar qimmatli qog‘ozlar kursida to‘liq aks ettirilishini anglatadi.
Ushbu samaradorlik shakllari o‘sib borish tartibida keltirilgan. Bu bozor kuchli shaklda samarali bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida o‘rta va kuchsiz shakllarda ham samarali bo‘lishi kerakligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |