Professionallar Professional investorlarga kelsak, bu yerda aksariyat tadqiqotlar vakolat beruvchi payli fondlar va investitsion trastlar faoliyati natijalari asosida amalga oshirilgan. Bu investorlarning mablag‘larini jalb qiladigan tashkilotlar bo‘lib, ular keyinchalik asosan bozor qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltiriladi. Mazkur tadqiqotlar, jumladan, Fyort (Firth, 1977) tomonidan o‘tkazilgan 1965-yildan 1975-yilgacha bo‘lgan davr 156
uchun Buyuk Britaniya investitsion trastlarining faoliyat natijalari bo‘yicha tadqiqotlar ularda qandaydir yuqori samaradorlikni qayd qilmadi. Ayrim tadqiqotchilar bunday ekspertlarning kapital qo‘yilmalari natijalari, aslida, qimmatli qog‘ozlarni tasodifiy tanlash tamoyiliga asoslangan investitsiya strategiyasini yordamida olingan daromadlardan uncha yaxshi emasligini aniqlashdi.
Masalan, Bleyk va Timmermann (Blake and Timmermann, 1998) 23 yillik davr mobaynida Buyuk Britaniyaning 2300 ta professional boshqariladigan investitsiya fondlarining faoliyat natijalarini o‘rgangan. Ularning xulosasiga ko‘ra, o‘rtacha fond qo‘yilmalardan olingan daromad ko‘rsatkichi bo‘yicha riskning mavjud darajasida kutilganidan ko‘ra kamroq samarali faoliyat yuritgan.
Shuningdek, investitsiyalar bo‘yicha professional konsultantlarning tavsiyalari ham tahlil qilindi va ularning ko‘rsatmalariga rioya qilish har doim ham yuqori daromadlarga olib kelmasligi aniqlandi.
Samaradorlikning kuchli shakli haqida xulosalar Samaradorlikning kuchli darajasi haqida xulosa, aftidan, ishonchli yangi axborotga ega bo‘lgan insayderlar undan foyda uchun foydalanishi va bu bilan kapital bozorlarining samarasizligini namoyon etishi mumkinligidan iborat bo‘ladi. Bunday axborotlarga ega bo‘lmaganlar esa, ular “ekspertlar” bo‘lish-bo‘lmasligidan qat'i nazar, davomiy ravishda o‘rtacha daromaddan yuqoriroq daromadga erisha olmaydi.
Biz o‘tkazilgan barcha tadqiqotlarni ko‘rib chiqmadik, shunga qaramay, boshqa tadqiqotlar mualliflari ham bizga chiqargan xulosalarga o‘xshash xulosalarga kelishgan.