Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org
Bozor qimmatli qog„ozlari bilan operatsiyalarda investorlar strategiyasi Ushbu bobda ko‘rib chiqilgan faktlar va biz 7-bobda diversifikatsiyalash hamda riskni kamaytirish bo‘yicha bilib olganlarimiz quyidagi strategiyani afzallik sifatida tanlashga olib keladi:
Siz investitsiya qilmoqchi bo‘lgan jami mablag‘lar miqdorini 15- 20 qismga ajratib oling va hosil bo‘lgan summalarni turli qimmatli qog‘ozlarga joylashtiring. Turli tarmoqlarga sarmoya kiritishga harakat qiling. Shunday yo‘l tutish bilan investor qimmatli qog‘ozlar bilan birga keladigan deyarli barcha o‘ziga xos risklarni istisno qiladi.
Beta koeffitsiyentlari risklar va daromadlar to‘g‘risidagi investitsion tasavvurlaringizga mos keladigan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiriting.
O‘z qimmatli qog‘ozlaringizni o‘zgartirmang. Portfelning tarkibiy qismini “muvozanatlash” uchun ko‘rib chiqish va yuqori daromadli yangi qimmatli qog‘ozlarni kiritish boshqa qimmatli qog‘ozlarning kursi o‘zgarishi bilan yo‘qqa chiqadi. Faqat 15-20 ta turli investitsiyadan iborat portfelning umumiy muvozanatini saqlab qolish muhimdir. Yuqori daromadli qimmatli qog‘ozlardan “mo‘may daromad olish” yoki hozir daromad keltirmayotgan qimmatli qog‘ozlardan qutulish payiga tushib qolmaslik kerak. Bozor samaradorligi prinsiplari joriy kurs bu kelajak haqida tasavvurlar beruvchi qimmatli qog‘ozlarning qiymatini eng yaxshi ehtimoliy bahosini o‘zida aks ettiradi. Ular, shuningdek, agar investor insayder hisoblanmasa, qimmatli qog‘ozlar qiymatini joriy bozor qiymatida baholash ushbu investor tomonidan berilgan bahodan yaxshiroq ekanligidan darak beradi. Faol savdo bitimlarni o‘tkazish nuqtayi nazaridan ancha qimmat turadi va qimmatli qog‘ozlar kursini oshirmaydi (qarang, masalan, Barber and Odean 2000).
Qimmatli qog‘ozlarni uzoq vaqt davomida xarid qilish va ularga egalik qilishni o‘z ichiga olgan investitsiya strategiyasi eng yaxshi deb hisoblanadi.
Ko‘lam ta‘siriga erishishga intiladigan mayda investorlar yuqorida keltirilgan tavsiyalar asosida bitim tuzishni (makler gonorarlari) iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topishi mumkin. Bunday holda, eng yaxshi usul investitsiya fondidan foydalanish bo‘lishi mumkin. Investitsiya fondi menejerlari, odatda, har bir investorning ulushiga asoslangan holda har yillik to‘lovni amalga oshiradilar, ammo ular bitim o‘tkazish ko‘lamida iqtisod qilishlari mumkin. Ushbu yondashuv bilan investor —xarid qilish va ushlab qolish siyosati” tamoyili asosida daromad olish uchun uzoq muddatli investitsiya strategiyasidan (by-and- hold policy) foydalanadigan mablag‘ni tanlashi kerak.