qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
Maqsadli sistemali audit
shakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali ekspertiza o’tkaza
boshladilar. Buning oqibatida shu narsa isbotlandiki, agar ichki nazorat tizimi samarali tashkil
qilingan bo’lsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar o’tkazishga hojat
qolmaydi.
Tavakkalchilikka asoslangan audit
yoppasiga yoki tanlov yo’li bilan o’tkaziladigan
tekshirish bo’lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va asosan tor doiradagi ob’ektlarni
tekshirish bilan yakunlanadi.
Davlat organlarining auditorlik xizmatlariga munosabati turlicha. Masalan, AQSh va Buyuk
Britaniyada auditorlik tashkilotlari mustaqil bo’lib, ular auditorlarni o’zlari tayyorlaydilar, tegishli
malakaviy unvonlarni beradilar va keyinchalik ham ularning o’z vazifalarini vijdonan, halol
bajarishlarini nazorat qilib turadilar. Boshqa Evropa mamlakatlarida auditorlik faoliyati hukumat
organlari tomonidan tashkil qilinadi.
Bozorning kengayishi bilan auditorlik firmalari ko’rsatadigan xizmatlar turlari va hajmlari
ham ortib boradi. Ko’plab firmalar odatdagi buxgalteriya hisobiga oid maslahatlar va xizmatlardan
tashqari soliqqa tortish, boshqaruv faoliyati va axborotlarni olish texnologiyasi, marketing, moddiy
ishlab chiqarish zahiralarini baholash, iqtisodiy rejalashtirish va istiqbolni belgilash, bank va
sug’urta ishlari bo’yicha ham xizmat ko’rsata boshladilar.
Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning quyidagi tashkiliy
tizimidan foydalaniladi:
1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi
schyotlar palatasi yoki davlat bosh auditorlik
apparati
bo’lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo’ysunadi. Uning asosiy vazifasi davlat
byudjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir.
2
Dostları ilə paylaş: