O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


 Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   362
Аудит УМК

5. Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari 
Nazorat harakatlari – bu shunday xatti-harakatki, siyosat va protseduralar ko’magida 
rahbariyatga nazoratning bajarilishini ta’minlash borasida yordam beradi. Nazorat harakatlari 
jarayonlar doirasida bajariladi, masalan, tranzaktsiyalarga va texnologiya muhitiga ishlov berishda 
zarur bo’ladigan majburiyatlarni bo’lib berish. Ular tashkilotning hamma darajasida bajariladi.
Nazorat bo’yicha ayrim tadbirlar ko’plab tashkilotlarda ko’rib chiqilsada (majburiyatlarni 
bo’lish, mustaqil taqqoslash, ruxsat berish va kelishuv, tekshiruvlar), biroq nazorat bo’yicha 
tadbirlarning universal to’plami hamma tashkilotlarda ham qo’llanilmaydi. Tashkilotlar ko’proq 
nazoratning tashkilot risklarni baholashda identifikatsiyalaydigan risklarni bartaraf etish uchun 
ko’proq qo’l keladigan turlarini tanlaydi. Masalan, yuqori tartibga solinadigan (boshqariladigan) 
tashkilotlar, qoidaga ko’ra, kamroq tartibga solinadigan sub’ektlarga nisbatan nazoratning 
murakkabroq faoliyatiga ega bo’ladi. Boshqa misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: qayta 
markazlashtirilgan operatsiyalar va mahalliy avtonomiya va innovatsiyalarga urg’u beruvchi 
tashkilot operatsiyalari doimiy va yuqori markazlashtirilgan tashkilotlarga nisbatan boshqaruv 
faoliyatining turli xillariga ega bo’ladi. 
Nazorat operatsiyalari. Nazorat operatsiyalari (shuningdek, takliflar nazorati deb 
nomlanuvchi) o’zlarida boshqaruv faoliyatining muhim turini aks ettiradilar. U operatsiyalar riskini 
pasaytirish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatni nazorat qiladi va u operatsiyalar, 
hisobraqamlar va tasdiqlashlarning ma’lum jarayonlariga ta’sir qiladi. Ular quyidagilar bilan 
bog’liq operatsiyalarni o’z ichiga oladi: 
biznes jarayonlar
• moliyaviy hisobotning bahosi; 
• yozuvlarni tartibga solish, yozuvlarni yopish. 
Axborotlarga ishlov berish operatsiyalari vaqtida tashkilot o’z oldiga axborotlarga aniq va 
to’liq ishlov berish maqsadini qo’yadi. Tashkilot nazoratning quyidagi maqsadlariga erishuvi zarur: 
• Ro’yxatga olingan operatsiyalar mavjud va o’tkazildi. 
• Hamma operatsiyalar ro’yxatga olingan. 
• Operatsiyalar zarur tarzda baholangan. 
• Operatsiyalar tashkilotning huquq yoki majburiyatlariga tegishli. 
Operatsiyalarni boshqarishning ma’lum biznes-jarayonlarda bajarilgan xarid qilish va sotish 
kabi turli xil vositalari, ishlov berishning ushbu maqsadiga erishilganligi haqida oqilona kafolat 
berish uchun ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Biznes-operatsiyalar bilan bog’liq nazorat 
operatsiyalari kompyuterning mos kelishi yoki asoslanganlikni, (o’xshash) batafsil yordamchi 
hisobraqamlar va nazorat hisobraqamlari, xarajatlar haqidagi hisobotni tasdiqlovchi supervizor kabi 
ruxsat va tasdiqlashlar orasidagi kelishuvlarni tekshirish kabilarni to’g’rilashga o’xshashlarni 
tekshirib ko’rishni o’z ichiga oladi 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin