O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   362
Аудит УМК

4. Ichki nazorat tizimini o’rganish. 
Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish 
mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi. Nazorat tizimining 
ishonchliligi, uning hisob yuritishda muayyan shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan, 


 
shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat. Agar 
auditorning fikricha, ichki nazorat tizimi ishonchli bo’lsa, bunda u tekshiruv ob’ektlaridan birortasi 
bo’yicha schyotlar yoki muomalalarni tekshirishni to’liq yoki qisman ichki nazorat tizimining 
ishlashini tekshirish natijasi bilan almashtirishi mumkin. Agar, ichki nazorat tizimi ishonchli va 
sezilarli darajada izdan chiqmasdan ishlayotganligini aniqlansa, u bunday tizimdagi buxgalterlik 
ma’lumotlarida ham katta xatolar yo’q deb taxmin qilishga haqlidir. Agar, ichki nazorat tizimi 
samarasiz bo’lsa, auditor uning kamchiliklaridan kelib chiqadigan xatarli vaziyatlarni bartaraf qilish 
uchun testlar soni va uni tanlash hajmini ko’paytirishi lozim. Ichki nazorat tizimini ko’rib 
chiqishda, auditor avvalo, korxona ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona 
rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga 
munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim. 
O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan 
tahlikali vaziyatlarni baholashda to’plagan ma’lumotlaridan foydalanadi. Rejalashtirish paytida 
ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor 
olingan ma’lumotlarni yagona tizimga keltirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab, unda 
quyidagilarni bayon qiladi: korxonaning faoliyat qilish sohasi va printsiplari; rahbariyatning 
ishonchli hisob va nazorat tizimini yaratishga oid majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini 
nazorat qila olish layoqati.
Faoliyat sohasini bayon qilishda auditor asosiy diqqat-e’tiborini ichki nazoratning alohida 
uchastkalariga qaratadi. To’g’ri yo’lga qo’yilgan ichki nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini 
bartaraf etib, natijada, noto’g’ri, befoyda qarorlar qabul qilish hamda zararlar vujudga kelishini 
imkon qadar kamaytiradi. Buning ustiga ichki nazorat yaxshi yo’lga qo’yilganda tasodifiy xatolar 
oson aniqlanadi, ataylab qasddan qilingan xatolar esa faqat puxta o’ylangan doimiy tekshiruv va 
mas’uliyatlarni taqsimlash tizimi yordamida bartaraf qilinishi mumkin.
Ko’plab mutaxassislar ta’kidlashicha, ichki nazorat tizimi faqat korxonada ichki nazorat 
ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgandagina yaxshi samara beradi, jamoatchilik taftish 
komissiyasiga yuklanganida esa yomon ishlaydi, boshqalar esa ichki audit ichki nazorat tizimi 
elementlaridan birigina xolos deb tasdiqlaydilar.
Ichki nazorat tizimi- 
bu buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligini ta’minlashga 
qaratilgan, hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon 
yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir.
Yaxshi tashkil etilgan ichki nazorat tizimi quyidagi elementlari bilan tavsiflanadi: 
-
axborotlarni to’plash tizimi mavjud xatolarni o’z vaqtida aniqlaydi; 
-
amaldagi mas’uliyat tizimi har qanday vazifani boshdan oxirigacha yakka o’zi amalga 
oshirishiga yo’l qo’ymaydi; 
-
har qanday muomalalarni muvofiqlashtirish tizimi mavjud; 
-
inventarizatsiya muntazam ravishda o’tkaziladi; 
-
buxgalteriya hisobotlari va rejadan chetga chiqishlar tahlil qilinadi.
Agar har kunlik ish ichki nazorat ostida bo’lsa, daromadlar ko’payadi. Kundalik ish 
ishonchli bo’lsa daromadni yo’qotish xavf-xatari ham pasayadi.
Ichki nazoratning tuzilishi turli xil bo’lishi, korxona faoliyati, uning hajmi, EHM bilan 
jihozlanganligi, rahbariyatning shaxsan nazorat qila olish imkoniyatlari va ko’plab boshqa 
omillarga bog’liq.
Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash jarayonini o’tkazish hamda 
hujjatlashtirishda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanishi zarur: 
-
maxsus ishlab chiqilgan testlar; 
-
rahbar xodimlar va buxgalteriya xodimlarining fikrlarini aniqlash uchun namunaviy savollar 
ro’yxati; 
-
maxsus blankalar va tekshiruv varaqalari; bloksxemalar va grafiklar; 
-
kamchiliklar ro’yxati, bayonnomalar yoki dalolatnomalar.
-
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida ichki nazoratga 
taaluqli qandaydir maxsus talablar yo’q. Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini baholashda 


ikkita omilga tayanadi: 
-
ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor uchun ham bir xil 
buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash; 
-
auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat holatini ekspertiza qilish natijalarini aks 
ettirish zarur.
Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi auditni rejalashtirish, shuningdek 
auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqti va hajmini aniqlash uchun puxta zamin yaratib, 
ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik, auditor tomonidan 
dastlabki auditorlik tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda turgan ishlarning borishi to’g’risida 
ma’lum tasavvurga ega. Dastlabki dastur sifatida o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvining dasturi 
olinib, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimini dastlabki tahlil qilish va samarasizlik xavf-xatarini 
baholash natijalariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Auditorlik tekshiruvi dasturi moliyaviy hisobotdagi axborotlarning ishonchliligini 
tasdiqlashga qaratilgan amallar ro’yxatidan iborat. Har bir auditorlik amalining turi, o’tkazish vaqti 
va miqyosi aniqlanib, u moliyaviy hisobotning bir yoki bir necha ko’rsatkichlari bilan bevosita 
bog’liq. Auditorlik amallarining ettita asosiy turi mavjud: qayta sanash, kuzatish, tasdiqlash, 
og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, nusxa ko’chirish va tahlil qilish amallari.
Ichki nazorat tizimini baholashning navbatdagi maqsadi - bu uni takomillashtirish bo’yicha 
konstruktiv takliflar ishlab chiqishdir. Auditor ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda faol ishtirok 
etib, o’z takliflarini mijozga taqdim etiladigan maxsus xatda bayon qiladi. Auditorlar ushbu 
takliflarni auditorlik tekshiruvining elementi sifatida rasman qabul qilib, ularni konsultatsiya 
xizmatlari qatoriga kiritmaydi. Berilgan takliflarga rioya qilish yoki qilmaslikni mijozning o’zi hal 
etadi. Takliflar bayon qilingan xat audit jarayoni yakunlanganidan so’ng yoziladi.
Xatda ichki nazorat tizimining muammolari bilan bog’-liq faktlar bayon qilinib, auditor 
bular haqida mijoz-korxona boshqaruvini xabardor qilishi lozim. Chunki, bu muammolar ichki 
nazorat tizimining tarkibi va faoliyat ko’r-satishida sezilarli kamchiliklar mavjudligidan dalolat 
beradi va korxonaning moliyaviy axborotlarini ro’yxatga olish, qayta ishlash va moliyaviy 
hisobotda umumlashtirish layoqatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday kamchiliklar 
quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

xizmat vazifalarining taqsimlanmaganligi; 

xo’jalik muomalalarining tekshirilmasligi va zarur nazoratning o’rnatilmaganligi; 

nazorat amallarining samarasizligi

nazoratdan qochish maqsadida mansabdor shaxslar tomonidan nazorat amallarining ataylab 
buzilishi; 

korxona rahbariyati yoki xodimlarining ataylab qilgan xatolari, masalan, buxgalteriya 
yozuvlarini qalbakilashtirish yoki almashtirish.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 7-moddasi-ga muvofiq buxgalteriya hisobi 
va moliyaviy hisobot, shuningdek ichki nazorat tizimini tashkil etish uchun xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning rahbari javobgardir.
Auditor mijoz uchun samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishga javobgar emas. Ichki 
nazorat tizimi tuzulmasi uchta tarkibiy qismga bo’lingan: 

nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat 
munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir; 

korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi - tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli 
hisob siyosati va amallardir; 

nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.
Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi jiddiy xatolarning oldini 
olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin