-
289 -
- qoʻshimcha ravishda bir marta toʻlanadigan
maxsus dividendlar
;
- korxonani yoki uning alohida bir qismini tugatish holatlari
yuzaga kelganda toʻlanadigan
likvidatsion dividendlar
.
Kompaniya oʻzi uchun qulay boʻlgan
davrda aksiyadorlarga
yoʻnaltirilgan pul oqimini koʻpaytirishning usullaridan biri har chorak
yoki yarim yilda toʻlanadigan muntazam dividendlardan tashqari
qoʻshimcha dividendlarni e’lon qilishdan iboratdir. Qoʻshimcha
dividendlar toʻlanishini e’lon qilar ekan,
kompaniya sarmoyadorlarni
bu hol muntazam toʻlovlar hajmining oshishini bildirmasligi
toʻgʻrisida ogohlantiradi. Bu usul ayniqsa daromadi tebranib turuvchi
kompaniyalarga juda qoʻl keladi. Qoʻshimcha dividendlardan
foydalanish kompaniyaga muntazam dividendlarning
barqarorligini
saqlab turish imkonini beradi va bundan tashqari aksiyadorlarga firma
ishi yurishayotganligini sezish uchun sharoit yaratadi. Biroq, agar
kompaniya doimiy ravishda qoʻshimcha dividendlarni toʻlayversa,
ularning ma’nosini yoʻqqa chiqaradi. Bunda qoʻshimcha dividendlar
kutilayotgan toʻlovlarga aylanadi. Agar qoʻshimcha (maxsus)
dividendlardan toʻgʻri foydalana bilsa,
ular firmaning hozirgi va
kelgusi ahvoli haqida ijobiy axborotni bozorga uzatishga qodirdir.
Korxonalar tomonidan amalga oshriladigan dividend siyosatiga
investitsion faoliyat bilan bogʻliq, muqobil
manbalardan moliyaviy
resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini tavsiflovchi, obyektiv cheklovlar
bilan bogʻliq omillar oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Dividend siyosatiga ta’sir
etuvchi omillar va ularning tarkibiy qismlari quyidagi jadvalda
keltirilgan (19.1-jadval).
19.1-jadval
Dostları ilə paylaş: