Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Soliqlarni rejalashtirish 
Davlat tomonidan soliqlarni 
rejalashtirish 
– kelgusi moliya yili uchun 
byudjetning daromad moddalari umumiy 
tarkibini ishlab chiqish boʻyicha hokimiyat 
va boshqaruv organlari umumiy amaliy 
faoliyati 
Korporativ soliqlarni rejalashtirish – 
tashkilotning maqsadli yoʻnaltirilgan, 
byudjetga soliq toʻlovlarini kamaytirish 
maqsadida soliq qonunchiligidan (undagi 
boʻshliqlardan) maksimal foydalanishga 
qaratilgan faoliyat 
Davlat tomonidan soliqlarni joriy 
rejalashtirish 
– bir yil boʻyicha soliq 
tushumlarini baholash 
Davlat tomonidan soliqlarni uzoq muddatli 
rejalashtirish – 
tanlangan soliqqa tortish 
konsepsiyalarini oʻrganish asosida 
kelajakdagi soliq tushumlarini baholash 
Korxonalarda soliqlarni joriy rejalashtirish 
– hisobot yilida qonunchilik yoʻl qoʻygan 
usullardan foydalanish orqali soliq 
toʻlovlarini optimallashtirish 
Korxonalarda soliqlarni uzoq muddatli reja
-
lashtirish – 
strategik maqsadlarga erishish 
jarayonida soliqqa tortishning salbiy ta’sirini 
kamaytirish va moliyaviy risklardan qochish 
maqsadida izchil soliq siyosatini amalda 
qoʻllash 



303 - 
- soliqlarni hisoblash va toʻlash usuli boʻyicha (masalan, kadastrli 
usulda soliq toʻlash inflyatsiya sharoitida korxona uchun foydali 
hisoblanadi); 
- soliqqa tortish tizimlari koʻrinishlari boʻyicha (masalan, 
aksiyalar, obligatsiyalar va bank depozitlaridan daromadlarni soliqqa 
tortishda turli xil stavkalarning qoʻllanilishi); 
- faoliyatni soliq yuki past davlatlarda tashkil etish orqali 
soliqlarni butunlay kamaytirish (offshor zonalar orqali soliqlarni 
kamaytirish). 
Soliqlarni rejalashtirish qator elementlarga ega va ularni yaxshi 
bilish soliqlarni kamaytirishning barcha usullarini muvaffaqiyatli 
qoʻllash imkoniyatini yuzaga chiqaradi. Buning uchun esa soliq 
qonunchiligini mukammal darajada bilish talab etiladi. Shundan kelib 
chiqqan holda soliqlarni rejalashtirish elementlari sifatida 
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
1. Buxgalteriya hisobi va soliq hisobining muvofiqligi. Bunda 
buxgalteriya hisobi va soliq hisobi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida 
bir-biriga qat’iy ravishda oʻzaro muvofiq kelishi kerak. Buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlari soliqqa tortish jarayonida asos boʻlib xizmat 
qiladi. Lekin buxgalteriya hisobi va hisoboti korxonaning haqiqiy 
moliyaviy holatini aks ettira olmaydi. Buxgalteriya va soliq 
hisoblarining oʻzaro muvofiq kelmasligi investitsion qarorlar qabul 
qilishda, soliqlarni rejalashtirishda keskinlikni yuzaga keltirishi 
mumkin. Korxona hisob siyosati orqali buxgalteriya hisobi va soliq 
hisobining oʻzaro mos kelishini ta’minlash lozim. 
2. Soliq imtiyozlari va ularning shartnomalar tuzish jarayoniga 
ta’sirini baholash. Buni yagona soliq toʻlovi toʻlovchi mikrofirma va 
kichik korxonalar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod boʻlish 
holatidan kelib chiqqan holda izohlash mumkin. Ya’ni, qoʻshilgan 
qiymat soligʻi toʻlovchi hisoblanganda erishiladigan natija va 
qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod boʻlgan holatda erishiladigan natija 
oʻzaro solishtiriladi. 
3. Ichki soliq nazoratini tashkil etish. Soliq hisob-kitoblaridagi va 
moliyaviy hisobotlardagi xato va kamchiliklarning soliq tekshiruvlari 



304 - 
oʻtkazilgunga qadar ichki soliq nazorati orqali aniqlanishi korxonaga 
nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan moliyaviy jarimalarning oldini 
oladi. 
4. Soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlov 
kalendarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 
5. Imtiyozli soliq rejimlari (offshor zonalar) qoʻllaniladigan soha 
va hududlarni oʻrganish. 
6. Korxonalarda soliqlarni boshqarish boʻyicha tahliliy hisobot 
tayyorlash. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin