Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Yuridik shaxslar foyda soligʻi hisoblangach yana qaysi soliq



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

9. Yuridik shaxslar foyda soligʻi hisoblangach yana qaysi soliq 
turi hisoblanadi?
a) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
soligʻi;
b) qoʻshilgan qiymat soligʻi; 
d) aksiz soligʻi; 
e) yagona soliq toʻlovi. 
10. Soliqlarni rejalashtirishning qonuniylik tamoyili oʻzida 
nimani nazarda tutadi? 
a) qonun doirasida tashkil etilishi lozimligini; 



316 - 
b) qonunni aylanib oʻtish lozimligini; 
d) qonun buzilishining oldini olishni; 
e) qonun buzilishlari orqali pul mablagʻlarini tejashni. 
 
 



317 - 
 
 
 
XXI BOB. KORPORATIV BIRLASHISHLAR VA
QO
ʻ
SHIB OLISHLAR
 
21.1. Korporativ birlashishlar va qo
ʻ
shib
olishlarning iqtisodiy mohiyati va bozor iqtisodiyoti 
sharoitidagi ahamiyati 
 
Birlashish va qoʻshib olishlar
(
Mergers and Acquisitions, M&A
), 
shuningdek, korporativ miqyosda qayta tarkiblash bugungi kun 
korporativ moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismiga aylanib 
ulgurdi. Bu borada har kuni butun dunyo miqyosida qator bitimlar 
tuziladi va tuziladigan bitimlar asosida ikki kompaniya yanada 
yirikroq kompaniyani tashkil etish maqsadida oʻzaro birlashadi. 
Bundan tashqari, kompaniyalarning oʻzaro birlashishi bilan bir 
qatorda, birlashishga teskari boʻlgan ajralib chiqish yoki boʻlinish 
amaliyotlari ham amalga oshiriladi. Kompaniyalarning boʻlinishi va 
ajralib chiqishidan ham asosiy maqsad foydani maksimallashtirishga 
qaratilishini ta’kidlash lozim. Quyida kompaniyalarning oʻzaro 
birlashishi, qoʻshib olish jarayonlari va ularning oʻziga xos jihatlari 
xususida atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotning bugungi bosqichida har 
qanday korporativ tuzilma oʻz rivojlanish strategiyasini belgilashda 
oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida rivojlanish yoki boshqa mustaqil 
iqtisodiy subyektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor 
qaratadi. Bunda korporativ moliyani boshqarishning subyektlari 
hisoblangan moliyaviy menejerlar tomonidan moliyaviy rivojlanish 
strategiyalaridan qaysi biri kompaniya uchun foydali ekanligini aniq 
hisob-kitoblar asosida belgilab beriladi.
Birlashish va qoʻshib olish bitimlari orqali yangi biznesni tashkil 
etishdan asosiy maqsad sifatida biznesga qoʻshimcha elementlarni 
birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompaniyaning strategik 



318 - 
ustunligini ta’minlashni keltirish mumkin. Murakkab moliyaviy-
iqtisodiy holatlarda birlashish va qoʻshib olishlar kompaniyalar uchun 
yanada koʻproq dolzarblik kasb etadi. Moliyaviy jihatdan yuqori 
salohiyatga ega kompaniyalar bozorda yanada raqobatbardosh boʻlgan 
kompaniyani tashkil etish maqsadida nisbatan kuchsiz boʻlgan 
kompaniyalarni oʻziga qoʻshib olishga harakat qiladi. Shuningdek, 
moliyaviy jihatdan oʻzaro teng kuchga ega kompaniyalar bozorda oʻz 
ulushini koʻpaytirish yoki oʻz samaradorligini oshirish maqsadida 
oʻzaro birlashadilar. Keltirib oʻtilayotgan ustunlik jihatlar tufayli 
qoʻshib olinuvchi kompaniyalar koʻp hollarda oʻzlarini boshqa 
kompaniyalar xarid qilish usuli orqali qoʻshib olishga rozi boʻladi. 
Chunki, ular keskin raqobat muhitida oʻzlarining mustaqil ravishda 
jon saqlab qola olishlariga koʻzlari etmaydi. Odatda, koʻpchilik 
kompaniyalar oʻrtasidagi birlashish va qoʻshib olishlarni oʻzaro 
sinonim atamalar va butunlay bir xil jarayonlar sifatida qabul qiladi. 
Aslida esa ushbu ikki atama oʻrtasida ma’lum farqlar mavjud. 
“Qoʻshib olish” atamasi ba’zan birlashishning har qanday shakliga 
nisbatan ham qoʻllaniladi. Buning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. 
Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat oʻrnatsa va 
oʻzini ushbu kompaniyaning yangi xoʻjayini, deb e’lon qilsa, bu bitim 
qoʻshib olish

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin