-
319 -
olingan kompaniya menejerlari ushbu jarayonni
kompaniya nufuziga
putur yetkazmaydigan tarzda amalga oshirishga intiladi.
Agar har ikki kompaniyaning bosh direktorlari oʻz kompaniyalari
uchun kelgusida potensial ustunlik mavjud boʻlishini anglagan holda
ularni
birlashtirishga qaror qilishsa, bir kompaniyaning boshqa bir
kompaniyani qoʻshib olish jarayonini oʻzaro birlashish deb ham atash
mumkin boʻladi. Ammo bir tomon oʻzining qoʻshib
olinishini
istamasa, bunday bitim doʻstona xarakterga ega boʻlmaydi va bu holat
qoʻshib olish, deya baholanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki,
b
irlashishlar (Mergers)
natijasida mavjud
ikki yoki undan ortiq
kompaniyalar asosida yangi kompaniya vujudga keladi. Bunda yangi
kompaniya oʻzining tarkibini tashkil etgan asos kompaniyalarning
barcha aktivlari va majburiyatlarini oʻz nazorati va boshqaruvi ostiga
oladi. Amaliyotda kompaniyalar oʻrtasida qoʻshilish degan tushuncha
ham borki, bunda bir necha kompaniyalar oʻzaro birlashadi va buning
natijasida ulardan faqat bittasi raqobat muhitida tirik qoladi, qolganlari
esa oʻz mustaqil faoliyat yuritish huquqidan mahrum boʻlgan holda
faoliyatini tugatadi.
Dostları ilə paylaş: