Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

4. Moliya bozorida ustunlikka ega boʻlish
. Yirik kompaniyalar 
moliya bozoridan mablagʻlar jalb qilishda boshqa kichik kompa-
niyalarga nisbatan koʻp tomonlama ustunlikka ega boʻladi. Bu oʻz 
navbatida, arzon moliyaviy resurslarni jalb qilish imkonini beradi. 
Ta’minotchilar bilan moliyaviy munosabatlardagi kabi moliyaviy 
institutlar ham yirik kompaniyalar bilan hamkorlikka intiladi. 
5. Resurslar boʻyicha bir-birini toʻldirish imkoniyati
. Agar, ikki 
yoki undan ortiq kompaniyalar bir-birining faoliyatini toʻldiruvchi 
resurslarga ega boʻlsa, ularning birlashishi birlashayotgan 
kompaniyalar uchun yuqori samara beradi. Birinchi navbatda, bu 
kompaniyalar birlashgandan keyin ularning bozor qiymati 
birlashishdan oldingi jami qiymatidan keskin yuqori boʻladi. Chunki, 
bu kompaniyalarning har biri birlashish natijasida oʻzida boʻlmagan 
resursga ega boʻladi va shu bilan birga, bu resursga u kompaniya oʻzi 
mustaqil ravishda ega boʻlganda sarflaydigan xarajatga qaraganda 
kamroq xarajat bilan ega boʻladi. Bir-birini toʻldiruvchi resurslarga 



323 - 
ega boʻlish maqsadida birlashish yirik kompaniyalar uchun ham, 
kichik korxonalar uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. 
6. Yirik shartnomalarni qoʻlga kiritish imkoniyati
. Kompaniyalar 
birlashgandan soʻng yangi vujudga kelgan kompaniyada yirik shartno-
malar, xususan, davlat xaridi boʻyicha yuqori miqdordagi shartnoma-
larni qoʻlga kiritishda raqobatchilar bilan raqobatlashish imkonini 
beruvchi quvvatlar, ya’ni birlashgan kompaniyalarning hech biri 
mustaqil ravishda ega boʻla olmaydigan imkoniyat paydo boʻladi. 
Bunday shartnomaga ega mavjud quvvatlardan maksimal 
foydalanishni ta’minlaydi va keng masshtabli faoliyat yuritish 
imkonini beradi. Yirik transmilliy korporatsiyalar ham oʻz 
manfaatlarini turli xil bosim oʻtkazish yoʻllari bilan himoya qilish va 
bu orqali yanada qudratli boʻlish uchun yetarlicha iqtisodiy asosga ega 
boʻladi.
7. Oʻzaro raqobatni chetlab oʻtish va monopoliya oʻrnatish imko-
niyati. 
Bir xil tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro 
birlashishi oshkora yoki yashirin tarzda raqobatni chetlab oʻtish va 
monopoliyaga erishish imkoniyatini yaratadi va natijada bozorda katta 
ta’sirga ega boʻladi. Bu oʻz navbatida, monopoliyagacha yetib 
boradigan turli nomukammal raqobat modellari hukm suradigan 
sharoitlarda (ayniqsa, yopiq mintaqaviy bozorlarda) muhim ahamiyat 
kasb etadi. Chunki, bu holat narxlar boʻyicha raqobatni chetlab oʻtish 
imkonini beradi. 
8. Faoliyatni diversifikatsiyalash imkoniyati
. Faoliyat koʻlamini 
ham tovarlar va xizmatlar boʻyicha, ham hududiy nuqtai nazardan 
diversifikatsiyalash oʻzaro birlashgan kompaniyaning umumiy 
risklilik darajasini kamaytiradi va faoliyat doirasini kengaytiradi. Bu 
oʻz-oʻzidan, turli sohalarga ixtisoslashgan kompaniyalarni oʻzaro 
birlashishga undaydi. Diversifikatsiyalash daromadlar oqimini 
barqarorlashtirish imkonini beradi. Birlashish natijasida kompaniya 
aktivlari ortadi, bu esa operatsiyalar koʻlamini kengaytirish va mavjud 
vositalarni tezkorlik bilan qayta taqsimlash imkoniyatini beradi.
9. Qoʻshimcha axborotlarni qoʻlga kiritish imkoniyati

Axborotning bugungi kunda biznes olamidagi ahamiyati yuqoriligidan 



324 - 
kelib chiqqan bir kompaniyaning boshqasi bilan birlashishi aktivlarni 
birlashtirish bilan birga qoʻshimcha axborotga ega boʻlish imkonini 
beradi. Bu holatni axborotlar birlashishi sifatida ham koʻrish baholash 
mumkin.
10. Kompaniyaning bozor bahosi bilan uning aktivlari oʻrtasidagi 
salbiy tafovutdan foydalanish imkoniyati
. Ba’zi hollarda yangi kor-
xonani tashkil etgandan koʻra mavjud korxonani xarid qilgan afzal 
hisoblanadi. Qoʻshib olish rejalashtirilgan kompaniya bozor 
bahosining uning aktivlari qiymatidan sezilarli darajada past boʻlgan 
holatlarda mazkur amaliyot koʻp qoʻllaniladi. Kompaniyaning bozor 
bahosi va uning aktivlari qiymati oʻrtasidagi tafovut sotib olinadigan 
firmaning bozor bahosi va balans qiymatining oʻzaro farq qilishidan 
kelib chiqadi.
11. Kompaniyaning likvidatsion qiymati bilan aktivlar qiymati 
oʻrtasidagi tafovutdan foydalanish (boʻlib-boʻlib sotish) imkoniyati

Koʻpincha, kompaniyaning likvidatsion qiymati uning joriy bozor 
qiymatidan yuqori boʻladi. Mazkur holatda kompaniya aktivlari 
qiymati likvidatsion qiymatdan yuqori boʻlishi ham mumkin. Shundan 
kelib chiqqan holda sotib oluvchi firmani uning bozor qiymatidan 
ancha yuqori narxda sotib olsa-da, kelgusida uni boʻlaklarga boʻlib 
sotishi va bundan foyda olishi mumkin. Bunda ikkinchi bir holat ham 
mavjud boʻlib, bir kompaniyaning ma’lum bir ulushini sotib olgan 
holda uni qisqa muddatda bankrotga uchratish va keyinchalik toʻla 
egaliklik qilish orqali boʻlib-boʻlib sotish holati ham uchraydi. 
12. Qoʻshib olinishdan himoyalanish imkoniyati
. Bu jihatni 
rivojlanayotgan davlatlarda koʻp uchratish mumkin. Ya’ni, 
rivojlangan davlatlardagi xorijiy kompaniyalar rivojlanayotgan 
davlatlardagi kompaniyalarni oʻziga qoʻshib olishga intiladi. Mazkur 
holatning oldini olish maqsadida mahalliy kompaniyalar oʻzaro 
birlashish orqali tashqi qoʻshib olishdan himoyalanishga intiladi. 
 
Yuqoridagilarga 
qoʻshimcha 
sifatida 
aksariyat 
amalga 
oshiriladigan birlashish yoki qoʻshib olishlarning asosida yangi 
mahsulot turlarini ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarga kapital 
kiritishda tejamkorlikka erishish, haddan tashqari koʻp sonli 



325 - 
boshqaruv xodimlari faoliyatini yuritish uchun ajratiladigan ma’muriy 
xarajatlarni qisqartirish orqali tejamkorlikka erishish imkoniyatlarini 
ham keltirish mumkin.
Kompaniyalar birlashishi va qoʻshib olishlarining oʻziga xos 
kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
- har ikkala kompaniya aksiyadorlarining roziligi talab qilinishi
- qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilishi; 
- kompaniyani notoʻgʻri baholash bilan bogʻliq yuqori darajadagi 
risklar; 
- bitim amalga oshirilgandan soʻng xodimlar bilan bogʻliq 
muammolarning yuzaga kelishi; 
- transchegaraviy birlashishlar natijasida korporativ madaniyat-
larning oʻzaro mos kelmasligi va boshqalar. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin