-
330 -
qoʻshimcha qiymatlar kiritish orqali obyekt qiymati yuqori baholarda
belgilanishi mumkin.
Qoʻshib olishning soliq bilan bogʻliq holati sotiladigan kompani-
yaning aktivlar qiymati oshishiga ham bogʻliq. Soliqqa tortiladigan
qoʻshib olish jarayonida qoʻshib olish obyekti aktivlari ularning balans
qiymatlaridan kelib chiqqan holda joriy bozor qiymatlari boʻyicha
qayta baholanadi. Bu qayta baholash
samaradorligini aniqlash
imkonini beradi, ya’ni bunda sotib olingan kompaniya aktivlariga
amortizatsiya xarajatlari soliqqa tortiladigan qoʻshib olish holatini
belgilab beradi.
Unutmaslik kerakki, amortizatsiya xarajatlari pullik
xarajatlar boʻlmasada ularning ortishi soliqlarni kamroq toʻlash
boʻyicha oʻz samarasini beradi.
Dostları ilə paylaş: