Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

AB kompaniya 
Aylanma aktiv 6 
Xususiy kapital 30 
Asosiy vositalar 24 
Jami 30 
Jami 30 
 
Bunda yangi kompaniya oldingi kompaniyalar aksiyadorlarini 
birlashtirish natijasida tashkil etilmoqda. Mazkur jarayonda 
buxgalteriya hisobini yuritish sezilarli darajada sodda, ya’ni balans 
moddalari oʻzaro qoʻshiladi va yana bir alohida xususiyat hech qanday 
gudvill hisobga olinmaydi. 



333 - 
21.4. O
ʻ
zbekistonda korporativ birlashishlar va 
qo
ʻ
shib olishlarning o
ʻ
ziga xos xususiyatlari 
Oʻzbekistonda korporativ tuzilmalarning qayta tashkil etilish ma-
salalari “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini hi-
moya qilish toʻgʻrisida”gi qonun, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar 
birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni 
qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi 
toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida tartibga solinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, 
bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda korporativ boshqaruvni rivojlan-
tirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgan sharoitda aksiyadorlik 
jamiyatlarining o‘zaro birlashishlariga, qo‘shib yuborish masalalariga 
ham alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, har bir tumanda faoliyat 
ko‘rsatib kelgan qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi aksiyadorlik 
jamiyatlari hisoblangan mashina-traktor parklari o‘zaro birlashib 
faoliyatini qayta tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil 27 
dekabrdagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi 
subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyekt-
larni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish 
tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan xoʻjalik yurituvchi subyektlar 
birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib 
olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopo-
liyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki 
uning hududiy organi tomonidan oldindan rozilik berilishi lozim. 
Bunda monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi 
subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan roziligi 
quyidagi hollarda zarur hisoblanadi: 
- tovar bozorida – qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan 
rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni 
sodir etishda ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati 



334 - 
eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa 
yoki ular qoʻshib yuboriladigan yoki qoʻshib olinadigan yildan oldingi 
oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olgan jami tushumi eng kam 
oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud 
ulardan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik 
yurituvchi subyekt boʻlsa; 
- moliya bozorida – qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan 
rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir 
etishda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 
ekvivalentdagi miqdordan ortiq boʻlsa (banklarga nisbatan – 450 mln 
AQSH dollari, sugʻurta kompaniyalariga nisbatan – 25 mln AQSH 
dollari, lizing kompaniyalariga nisbatan – 3 mln AQSH dollari va bank 
boʻlmagan kredit tashkilotlariga, qimmatli qogʻozlar bozori professional 
qatnashchilariga nisbatan – 400 ming AQSH dollari) yoxud bitim qat-
nashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqeini egallab turgan 
boʻlsa. 
Korporativ birlashish yoki qoʻshib olishga ruxsat berish talablari 
va shartlariga quyidagilar kiradi:
- raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish; 
- harakatlarni monopoliyaga qarshi organ qarorlari doirasida 
amalga oshirish; 
- birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik 
shaxsning ustun mavqei paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga
shuningdek, raqobatning cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik. 
Korporativ birlashish va qoʻshib olishlar boʻyicha oldindan 
rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga quyidagi hujjatlar 
taqdim etiladi: 
- korporativ birlashish yoki qoʻshib olishga oldindan rozilik 
berish toʻgʻrisida belgilangan shakldagi ariza; 
- korporativ birlashish yoki qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul 
qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ta’sis hujjatlari; 
- ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida har bir 
qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyat turlari, ishlab 
chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlari, 



335 - 
ularning hajmlari, amalga oshirilgan (oshiriladigan) harakatlar 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- amalga oshirilayotgan harakat har bir qatnashchisining 
moliyaviy hisoboti (ariza berish sanasidagi 1-shakl boʻyicha 
buxgalteriya balansi, oldingi ikki kalendar yil uchun 2-shakl boʻyicha 
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot). 
Qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan 
e’tiboran jamiyat 30 kundan kechiktirmay oʻz kreditorlarini bu haqda 
yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni 
toʻxtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning oʻrnini 
qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yoʻli 
bilan talab qilishga haqlidir:
- qoʻshib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta 
tashkil etish haqidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan 
boshlab uzogʻi bilan 30 kun ichida;
- boʻlish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻri-
sidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzogʻi 
bilan 60 kun ichida.
Qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qoʻshib yuborish 
haqida shartnoma tuzadi, unda qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, 
shuningdek, har bir jamiyat aksiyalarini yangi jamiyatning 
aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash 
tartibi belgilab qoʻyiladi.
Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi qoʻshib yuborishda ishtirok 
etayotgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga qoʻshib 
yuborish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi, qoʻshib yuborish 
shartnomasini tasdiqlash haqidagi va oʻtkazish dalolatnomasini 
tasdiqlash haqidagi masalalarni havola etadi.
Yangi vujudga kelayotgan jamiyat ustavini tasdiqlash va kuzatuv 
kengashini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar 
aksiyadorlarining qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi. 
Aksiyadorlarning qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi 
jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab 
qoʻyilishi mumkin.



336 - 
Jamiyatlar qoʻshilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha 
huquqlar va majburiyatlar oʻtkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi 
vujudga kelgan jamiyatga oʻtadi.
Birlashtirilayotgan jamiyat va birlashtirib olayotgan jamiyat 
birlashish toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar, unda birlashishning tartibi 
va shartlari, shuningdek, birlashtirilayotgan jamiyatning aksiyalarini 
birlashtirib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) boshqa 
qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir 
jamiyatning kuzatuv kengashi birlashishda ishtirok etayotgan oʻz 
jamiyatining umumiy yigʻilishi hukmiga birlashish tarzida qayta 
tashkil etish toʻgʻrisidagi va birlashish shartnomasini tasdiqlash 
haqidagi masalani kiritadi. Birlashtirilayotgan jamiyat kuzatuv 
kengashi oʻtkazish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani 
ham aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hukmiga havola etadi.
Mazkur jamiyatlar aksiyadorlarining qoʻshma umumiy yigʻilishi 
ustavga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul 
qiladi. Aksiyadorlarning qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish 
tartibi birlashish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Bir jamiyat boshqa jamiyatga birlashganda oʻtkazish dalolatno-
masiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquq va 
majburiyatlari qoʻshib olgan jamiyatga oʻtadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida birlashishlar va qoʻshib olishlar 
korporativ tuzilmalar faoliyatidagi eng qiziqarli holatlardan biri 
ekanligi haqida yuqorida toʻxtalib oʻtdik. Quyida birlashishlar va 
qoʻshib olishlar amaliyotidagi eng yirik bitimlar oʻntaligini keltirib 
oʻtamiz. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin