Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

10. Sanofi + Aventis, bitim miqdori 

73,5 milliard AQSH 
dollari 
2004 yilgacha Fransiyaning Sanofi kompaniyasi Sanofi-
Synthélabo nomi ostida faoliyat koʻrsatar va xalqaro farmatsevtika 
bozorini zabt etish haqida orzu qilardi. Buning uchun Fransiya 
farmatsevtika bozorining yana bir ishtirokchisi Aventis kompaniyasini 
qoʻshib olish lozim boʻlib, lekin bu jarayon u qadar oson emas edi. 



337 - 
Dastlab 47,8 milliard yevroga teng boʻlgan dushmanlarcha qoʻshib 
olish operatsiyasi amalga oshmaydi, chunki Aventis kompaniyasi 
direktorlar kengashi raqobatchilarining yangi taklifidan qochish 
maqsadida oʻz aksiyadorlik kapitalini bir joyga toʻplashga intilardi. 
Bu jarayonga Fransiya hukumati aralashgan holda har ikkala tomon 
uchun foydali shartlar asosida kompaniyalarni birlashtirishni taklif 
qiladi. Natijada bitim qiymati 73,5 milliard dollar boʻlgan shartnoma 
amalga oshiriladi hamda Sanofi-Aventis gigant kompaniyasi tashkil 
etiladi. 
 
9. Comcast + AT&T, bitim miqdori 

76,1 milliard AQSH 
dollari 
Birlashish va qoʻshib olishlar amaliyotidagi oddiy holatlardan biri 
bu butun kompaniyani sotib olishning imkoni boʻlmasa, 
kompaniyaning alohida muhim bir qismini sotib olish hisoblanadi. 
2001 yilda Comcast AQSH mediakonglomerati Broadband nomi 
ostida faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyaning AT&T boʻlinmasini sotib 
oladi va AQSH kabel televideniesi bozorining eng yirik 
ishtirokchisiga aylanadi. Bitim qiymati 76,1 milliard AQSH dollarini 
tashkil etgan moliyaviy operatsiya natijasida Comcast bir oʻq bilan 
ikki quyonni urishga, ya’ni birdaniga ikkita muammoni hal qilishga 
erishdi. Bunda birinchidan, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va 
xususiy kabel tarmogʻi geografiyasini kengaytirish imkoniyati 
yaratildi, ikkinchidan bozordagi eng asosiy raqobatchisi faoliyatiga 
barham berildi. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin