6. Oʻzaro birlashayotgan yoki qoʻshib olinayotgan kompaniyalarning mamlakatlarga mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qoʻshib olishlarni qanday turlarga ajratish mumkin? a) milliy va transmilliy birlashishlar;
b) gorizontal va vertikal birlashishlar;
d) transchegaraviy birlashishlar;
e) oʻzaro himoyaviy birlashishlar va qoʻshib olishlar.
7. Korporativ birlashishning ta’minotchilar bilan ishlash sa- maradorligini oshirishdagi ahamiyatini qanday izohlash mumkin? a) xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar hajmini oshirish
hisobiga qoʻshimcha chegirmalar olish yoki ta’minotchi korxonani
oʻzgartirishi mumkinligini bildirgan holda ta’minotchini xavotirga
solish yoʻli bilan qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin;
b) ta’minotchini oʻzgartirish imkoniyati paydo boʻladi va bu oʻz
navbatida narx boʻyicha chegirmalar olishga xizmat qiladi;
d) xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar hajmini kamaytirish
orqali xarajatlarni boshqarish imkoniyati yuzaga keladi;
e) ta’minotchini xavotirga solish yoʻli bilan kreditorlik qarzlarini
kechiktirish imkoniyati yuzaga keladi.
8. Bir xil tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishining raqobat muhitiga ta’sirini qanday baholash mumkin? a) oshkora yoki yashirin tarzda raqobatni chetlab oʻtish va
monopoliyaga erishish imkoniyatini yaratadi;
b) raqobat muhitiga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi;
d) sogʻlom raqobat muhitida oʻzaro birlashishlarga yoʻl qoʻyil-
maydi;
e) bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ birlashishlarning
raqobatga va monopoliyaga hech qanday daxli yoʻq.
-
348 -
9. Oʻzbekiston amaliyotiga koʻra tovar bozorida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning oʻzaro birlashuviga qanday ho-