-
321 -
–
milliy
birlashishlar
–
bitta
davlatda
joylashgan
kompaniyalarning oʻzaro birlashishi;
–
transmilliy
birlashishlar
– turli davlatlarda joylashgan kompa-
niyalarning oʻzaro birlashishi (transnational merger) yoki boshqa
mamlakatlarda joylashgan kompaniyalarni qoʻshib olish (cross-border
acquisition).
21.2. Korporativ birlashish va qo
ʻ
shib olishlarga sabab
bo
ʻ
luvchi holatlar
Kompaniyalarning foyda hajmini maksimallashtirish va bu orqali
kompaniya bozor qiymatini oshirishga boʻlgan intilishlaridan kelib
chiqib, korporativ birlashish yoki qoʻshib olish boʻyicha bitimlarni
amalga oshirishga undovchi asosiy ta’sir elementlari sifatida quyida-
gilarni keltirish mumkin:
1.
Qoʻshib olinadigan kompaniyaga yuqori darajali boshqaruv
tizimini olib kirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy
etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish.
Xarajatlarni
kamaytirish, daromad va foyda hajmini oshirish imkoniyatlaridan
toʻliq foydalanmayotgan kompaniyalarni, rahbarlarning malaka
darajasi yetarli darajada emasligidan zarar koʻrib ishlayotgan
kompaniyalarni, ya’ni samarasiz
boshqaruv apparatiga ega
kompaniyalarni istagancha topish mumkin. Bunday kompaniyalar,
oʻz-oʻzidan, nisbatan samarali boshqaruv tizimiga ega kompaniyalar
tomonidan qoʻshib olish obyektiga aylanadi. Ba’zi hollarda boshqaruv
tizimi samaradorligini oshirish xodimlar sonini sezilarli darajada
qisqartirish va kompaniya boshqaruvi tarkibini qayta tashkil etishga
ham sabab boʻladi.
2. Ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish
. Kompa-
niyalar
birlashar ekan, bu orqali ular sotib olish narxlarini
kamaytirishda qoʻshimcha imkoniyatga ega boʻladi. Bunga xarid
qilinadigan mahsulot va xizmatlar hajmini oshirish hisobiga
qoʻshimcha chegirmalar olish yoʻli bilan yoki ta’minotchi korxonani
oʻzgartirishi mumkinligini bildirgan holda ta’minotchini xavotirga
-
322 -
solish yoʻli bilan ham erishishlari mumkin. Masalan,
oddiy
kanselyariya tovarlari xaridini markazlashtirishning oʻzi yangi tashkil
etilgan kompaniya uchun katta hajmdagi pul mablagʻlarining tejab
qolinishiga olib kelishi mumkin.
3. Takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarlarga barham berish.
Mazkur ta’sir elementi kompaniya faoliyatining turli jabhalarida
tejamkorlikka erishish imkoniyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, uning
natijasida mavjud resurslardan samarali foydalanish nazarda tutiladi.
Bunda birinchi navbatda, boshqaruv va xizmat koʻrsatish
boʻlimlaridagi xodimlar sonini qisqartirish hisobiga vazifalarni
kengaytirish hamda bir qator
xizmatlarni markazlashtirish, umumiy
javobgarlik markazlarini belgilashga e’tibor qaratiladi. Shuningdek,
buxgalteriya hisobi, moliyaviy nazorat, ish yuritish,
xodimlar
malakasini oshirish va kompaniyaning umumiy strategik boshqaruvi
kabi boʻlimlarda turli ishchi xodimlar vazifalarining takrorlanishiga
barham beriladi va bu ham oʻz navbatida tejamkorlikka erishish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: