Soliqlarni rejalashtirish jarayoni ishtirokchilari
Ta’minot savdo boʻlimi
Ishlab chiqarish boʻlimi
Marketing boʻlimi
Yuridik boʻlim
Ichki audit xizmati
Moliya boʻlimi
Buxgalteriya
Reja boʻlimi
Asosiy (hal qiluvchi) qatnashchilar
Yordamchi qatnashchilar
SOLIQLARNI REJALASHTIRISH JARAYONI ISHTIROKCHILARI
-
309 -
Soliqlarni rejalashtirish jarayonida turli xil modellardan ham foy-
dalaniladi. Bunday modellardan biri imitatsion modellardir. Imitatsion
modellarning mohiyati soliq toʻlovchilarning soliqqa tortish tartib-
laridan afzalini tanlagan holda faoliyat yuritishlarida namoyon boʻladi.
Xususan, faoliyat sohasi va belgilangan mezonlarga javob berganda
korxonaning umumbelgilangan tartibda barcha soliqlarni toʻlashdan
soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlashga oʻtishlarida aniq hisob-
kitoblarga asoslanishi yoki soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlashga
oʻtish uchun faoliyatni qayta tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan
modelni anglatadi.
Faraz qilaylik, korxona soliqlar boʻyicha xarajatlar yuqori
boʻlganligi uchun oʻz biznes faoliyatini qonunchilikda belgilangan
tartibda boʻlinish orqali qayta tashkil etgan. Boshqaruv shakli
boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarni mustaqil yuridik shaxs sifatida ajratish
hisobiga xarajatlarni pasaytirish mumkin. Ya’ni bunda soliqqa
tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash hisobiga korxona
rentabelligi oshishiga erishish mumkin.
Kompaniya boʻlinish jarayonida oʻzining tarkibini kichik
korxonalar sifatida tashkil etish orqali va soliqqa tortish jarayonida
soddalashtirilgan tartibda soliqqa tortish tizimiga oʻtishi uchun,
avvalambor, faoliyat sohasi va soddalashtirilgan tartibda soliqqa
tortish rejimiga oʻtish mezoni boʻyicha talablarga javob berishi lozim.
Mamlakatimizda soddalashtirilgan tartibda soliqqa tortish tizimi
ayrim faoliyat sohalariga, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining 350-moddasiga asosan aksiz soligʻi toʻlanadigan
mahsulot ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi
mikrofirmalar va kichik korxonalarga, mahsulot taqsimotiga oid
bitimlar ishtirokchisi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga
tatbiq etilmaydi.
Yagona soliq toʻloviga oʻtish mumkin boʻlgan mikrofirmalar va
kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni boʻyicha qonun
hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar
kiradi. Bunda:
-
310 -
- xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning oʻrtacha
yillik sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
- xodimlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik,
pudrat shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi
shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek,
unitar (shoʻba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda
ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi;
- yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga
kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga toʻgʻri
keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi.
Ayni vaqtda, amaliyotda koʻplab tadbirkorlik subyektlarida
qonunchilikda belgilangan xodimlar soni boʻyicha chegara doirasida
faoliyat yuritishni ta’minlash bir muncha murakkab jarayon boʻlib
hisoblanadi. Natijada bunday kompaniyalar oʻz biznes faoliyatini
boʻlishga majbur boʻladilar. Shunda har bir boʻlinma maxsus soliq
rejimi mezonlari boʻyicha soddalashtirilgan soliqqa tortish rejimiga
oʻtish uchun oʻrnatilgan mezonlarga muvofiq ravishda faoliyat
yuritishi ta’minlanadi.
Koʻpchilik holatlarda bunday boʻlinish va soliqqa tortishning
soddalashtirilgan tizimiga oʻtish iqtisodiy jihatdan korxona uchun
foydali. Lekin, korxona rahbariyatini amaldagi tashkiliy tuzilmani
boʻlishning real yoʻllari, soddalashtirilgan soliqqa tortish rejimining
salbiy oqibatlari kabi muammolar bezovta qiladi. Shuning uchun qaror
qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish zarur:
- kompaniya biznes strukturasining yuridik jihatdan asosli
ekanligini, ya’ni faoliyat sohasining va ishchi xodimlar sonining
soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtish uchun
qonunchilikda oʻrnatilgan me’yorlarga mos kelishi aniqlanadi;
- firma ichidagi va firmalar oʻrtasidagi aloqalarning huquqiy
yoʻnalishlarini oʻrnatish. Bunda tashkil etilayotgan kichik korxonalar
oʻrtasida oʻzaro aloqalar chizmalarini yaratish biznes jarayonini
boshqarishni va soliqlarni pasaytirishning qonuniy yoʻllarini joriy
etishdagi muammolarni bir vaqtning oʻzida hal qilish uchun qabul
qilinishi zarur;
-
311 -
- soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllashdagi
risklarni, shu jumladan, qonunchilikdagi shartli noaniqliklar boʻyicha
risklarni baholash.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biznes faoliyatini boʻlish
va soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtishni boshlash
uchun keltirib oʻtilgan muammolarni huquqiy jihatdan oʻrganish talab
qilinadi hamda bu jarayon soliq risklarini pasaytirish maqsadida
chuqurroq koʻrib chiqish uchun yetarli hisoblanadi.
Aytaylik, birinchi navbatda, koʻrsatilgan barcha savollar taxminan
hal qilingan. Bunda korxonani qayta tashkil etish natijasida iqtisodiy
samara boʻyicha savollar paydo boʻladi. Bunda erishilgan natija butun
faoliyat boʻyicha soliq yukining qay darajada pasayganligida
namoyon boʻladi. Shuning uchun korxona toʻlaydigan soliq summalari
hamda yangi tarkibiy boʻlinmalar toʻlaydigan soliq summalari
taqqoslanadi.
Bunda soliqlarning umumiy pasayish darajasi (birinchi navbatda
yagona ijtimoiy toʻlov va foyda soligʻi) baholanishi kerak.
Shuningdek, iqtisodiy tahlil jarayonida quyidagilarga ham e’tibor
qaratish kerak:
- sof tushum boʻyicha soliqqa tortishning soddalashtirilgan
tizimiga oʻtish varianti va daromaddan xarajatlarni chegirish orqali
soliq toʻlash tizimini solishtirish;
- soliq toʻlovchi soliq davri davomida toʻlanadigan pensiya
fondiga majburiy sugʻurta badallarini ham hisoblash;
- iqtisodiy subyekt rentabelligi tahlilini oʻtkazish;
- hisob-kitoblarda soliqlarni kamaytirishning boshqa imkoniyat-
larini koʻrib chiqish (masalan, jismoniy shaxslar daromadiga soliqni
kamaytirishning dividend chizmasini qabul qilish hisobiga).
Soliqlarni rejalashtirish jarayonida korxonaning oʻz biznes
maqsadidan kelib chiqqan holda tashkiliy strukturasini belgilash
soliqqa tortish tartibini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman amal qilayotgan strukturani qayta tashkil etish yoki
boʻlish jarayonida imitatsion modeldan foydalanish quyidagi maqsad-
larlarda tashkil etiladi:
-
312 -
-
soliqqa tortish koʻrsatkichlari va parametrlarini oʻzgartirish;
-
kompaniyaning turli tarkibiy tuzilmalardagi rentabellikni
oshirish;
-
yangi tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasidagi
faoliyatning tashkiliy chizmalari yaratish natijasida narx orqali ham
soliqlarni kamaytirish.
Dostları ilə paylaş: |