-
307 -
Hozirgi vaqtda soliq toʻlovchilarning
soliqlarni qonuniy kamay-
tirish imkoniyatlarini pasaytirish maqsadida davlat tomonidan qoʻlla-
niladigan chora-tadbirlar sifatida quyidagilarini koʻrsatish mumkin:
-
qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldirish;
-
qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;
-
ma’muriy ta’sir etish chora-tadbirlarini qoʻllash;
Davlat qonunchilik hujjatlaridagi doimiy oʻzgarishlar sharoitida
qonunchilikdagi boʻshliqlarni doimiy toʻldirib
borishga hamda
soliqlarni pasaytirishga imkon tugʻdiruvchi holatlarni bartaraf etish
boʻyicha soliq qonunchiligiga tuzatishlar kiritishga harakat qiladi.
Aynan shuning uchun uzoq muddat davomida soliqlarni
rejalashtirishni mazkur usul (soliq qonunchiligidagi boʻshliqlardan
foydalangan holda soliqlarni rejalashtirish usuli)da
amalga
oshirishning imkoniyati chegaralangan.
Mamlakatimiz soliq qonunchiligiga soliq prezumpsiyasi tamoyili
kiritilishi natijasida soliq toʻlovchilar huquqi yuqori baholanishi joriy
etilganligi
sababli
qonun
chiqaruvchi
organ
tomonidan
qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor
qaratiladi.
Soliqlarni rejalashtirishni chegaralashning ma’muriy ta’sir etish
chora-tadbirlarida soliq toʻlovchining soliqlarni joriy rejalashtirishi
chegaralanadi. Soliq organlari soliqlarni oʻz vaqtida va toʻliq
toʻlashni, zarur hujjatlarni taqdim etishni, tushuntirishlarni talab qilish
huquqiga ega. Ular tekshiruvlar oʻtkazish
va tegishli sanksiyalarni
qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Misol sifatida yagona
soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisob-kitobini soliqlar va ularga
tenglashtirilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda oʻrnatilgan
tartibda taqdim etmaslik holatida subyektning javobgarlikka tortilishi
boʻyicha soliq organlarining huquqini keltirish mumkin.
Soliqlarni qonun doirasida kamaytirishning oldini olish
maqsadida davlat tomonidan qoʻllaniladigan
chora-tadbirlar soliq
qonunchiligining takomillashuviga va oʻz navbatida, byudjet
daromadlarining oʻz vaqtida shakllanishiga xizmat qiladi.
-
308 -
Umuman, korxonalarda soliqlar boʻyicha
pul oqimlarini
boshqarishda soliqlarni rejalashtirishga qarama-qarshi ravishda davlat
tomonidan qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni ham inobatga olish lozim.
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni samarali tashkil etishda
mazkur jarayonni zarur axborot bilan ta’minlash ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda soliqlarni rejalashtirish
jarayoni ishtirokchilarini ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Bular
birinchidan, asosiy (hal qiluvchi) qatnashchilar: buxgalteriya,
moliya, ichki audit xizmati, yuridik, reja boʻlimlari;
ikkinchidan,
yordamchi qatnashchilar: ishlab chiqarish, ta’minot savdo, marketing
va boshqa boʻlimlar (20.3-rasm). Bunda soliqlarni rejalashtirish
jarayonining bevosita ishtirokchisi sifatida u xoh asosiy qatnashchilar
boʻlsin, xoh yordamchi ishtirokchilar boʻlsin oʻzining muhim oʻrniga
ega hisoblanadi. Bu jarayonda koʻrsatib oʻtilayotgan biror bir
boʻlimning ishtirok etmasligi korxona
uchun soliq borasida jiddiy
moliyaviy yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin.
20.3-rasm.
Dostları ilə paylaş: