Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend miqdori qanday



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

8. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend miqdori qanday 
aniqlanadi? 
a) jamiyat ustavida qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiya-
larning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qoʻyiladi; 
b) foydadan kelib chiqqan holda umumiy yigʻilish tomonidan 
belgilanadi; 
d) qat’iy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomo-
nidan belgilanadi; 
e) Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunida 
aksiya nominal qiymatiga nisbatan 5 foiz qilib belgilangan. 
9. Amaliyotda keng tarqalgan dividend toʻlash shakli toʻgʻri 
keltirilgan javobni belgilang. 
a) pul shaklidagi dividendlar; 
b) avtomatik reinvestitsiyalash; 
d) aksiyalar orqali toʻlash; 



299 - 
e) xususiy aksiyalarni sotib olish. 
10. Dividend siyosatida 
EPS 
koʻrsatkichi oʻzida nimani ifoda-
laydi? 
a) bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda miqdorini; 
b) dividend toʻlash uchun moʻljallangan umumiy summani; 
d) imtiyozli aksiyalar boʻyicha qat’iy belgilab qoʻyilgan dividend 
miqdorini; 
e) reinvestitsiyalash miqdorini. 
 
 



300 - 
 
 
 
XX BOB. KORXONALARDA SOLIQLARNI 
REJALASHTIRISH
39
 
 
20.1. Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish tartibi va 
o
ʻ
ziga xos xususiyatlari
Korxonalarda soliqlar boʻyicha pul oqimlarini boshqarishni 
tashkil etishning eng asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan 
soliqlarni rejalashtirish jarayoni bilan tanishish asnosida, avvalambor 
“soliqlarni 
rejalashtirish” 
tushunchasining 
mazmun-mohiyati, 
korxonalar moliyasini boshqarish tizimidagi oʻrni haqida toʻxtalib 
oʻtish maqsadga muvofiq. Bu borada ham avvalo qator iqtisodchi 
olimlarning fikr-mulohazalarini keltirib oʻtamiz.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar A.E.Serdyukov, E.S.Vilkova, 
A.L.Tarasevichlar “Xoʻjalik subyektlarida soliqlarni rejalashtirish – 
xoʻjalik subyektlari yagona iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi 
doirasidagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini boshqarishning ajralmas 
qismi boʻlib, resurslarning cheklanganligi sharoitida korxonaning 
kelajakdagi moliyaviy holatini belgilash uchun optimal qonuniy soliq 
toʻlash usullaridan va metodlaridan hamda soliq toʻlashning mumkin 
boʻlgan muqobil variantlaridan foydalanish tizimidagi jarayonlarni 
oʻzida aks ettiradi”,
40
deb ta’kidlasa, yana ayrim iqtisodchilar 
tomonidan esa “soliqlarni rejalashtirish tashkilotning moliyaviy 
resurslarini oshirishga, soliq bazasi tarkibi va miqdorini tartibga 
solishga, boshqaruv qarorlari samaradorligiga ta’sir etishga hamda 
amaldagi qonunchilik boʻyicha byudjet bilan hisob-kitoblarni oʻz 
39
Mavzuni chuqurroq oʻrganish uchun M.Adilov muallifligida chop etilgan “Tadbirkorlik 
faoliyatida soliqlarni rejalashtirish” nomli kitobini tavsiya etamiz (Norma nashriyoti, 2012 
yil). 
40
Сердюков А.Э., Вылкова Е.С, Тарасевич А.Л. Налоги и налогообложение. СПб.: 
«Питер», 2008. С. 502. 



301 - 
vaqtida ta’minlashga yoʻnaltirilgan rejali faoliyatlar yigʻindisi 
sifatida”,
41
inglizcha-ruscha bank ensiklopedik lugʻatida “moliyaviy 
rejalashtirishning tarkibiy qismi boʻlgan soliq toʻlovlarini kechiktirish 
natijasida investitsiyalarga ega boʻlish, soliqqa tortilmaydigan 
qimmatli qogʻozlarni xarid qilish va boshqa turli xil soliqlardan 
qochish yoʻllaridan foydalanishni rejalashtirish orqali soliq yukini 
minimallashtirish”
42
sifatida, Jek Fridmanning biznes atamalar 
lugʻatida “joriy va kelgusi davrlarda soliq majburiyatlarini minimal-
lashtirishga yoʻnaltirilgan turli xil soliqqa tortish muqobil variantlarini 
tizimli tahlil qilish”
43
sifatida, rus iqtisodchi olimi E.N.Evstigneev 
tomonidan esa “qonuniy taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanish 
orqali soliqlarni aylanib oʻtishning qonuniy usullari va soliq 
majburiyatlarini kamaytirish yoʻllari”
44
sifatida yoritiladi.
Shuningdek, N.G.Ivanov soliqlarni rejalashtirishni subyektlar 
boʻyicha davlat tomonidan soliqlarni rejalashtirish va korporativ 
soliqlarni rejalashtirishga ajratgan holda ularning mohiyatini quyidagi 
rasmda aks ettirgan (20.1-rasm). 
Yuqoridagilardan 
kelib 
chiqqan 
holda 
hamda 
ularni 
umumlashtirib ta’kidlash mumkinki, 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin