Nazorat savollari
1.
Moliyaviy aktivlarni baholash modelining mazmuni.
2.
Moliyaviy aktivlarni baholash modelining ishlab chiqilishi.
3.
Moliyaviy aktivlarni baholash modelining qo‘llanish xususiyat-
lari.
4.
Moliyaviy aktivlarni baholash modelining afzalliklari.
5.
Moliyaviy aktivlarni baholash modelining kamchiliklari.
6.
Moliyaviy aktivlarni baholash modelining investorlar uchun
ahamiyatli jihatlari.
7.
Moliyaviy aktivlarni baholash modelini mamlakatmizda
qo‘llash imkoniyatlari.
-
197 -
XIV BOB. MOLIYAVIY AKTIVLAR
DAROMADLILIGINI BAHOLASH
14.1. Moliyaviy aktivlarning mohiyati va
tasniflanishi
Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati konsepsiyasidan kelib
chiqqan holda pul oqimlari tavsifini belgilash korxonalar moliyaviy-
xoʻjalik faoliyatining ajralmas qismi boʻlgan turli xil moliyaviy
aktivlar bilan operatsiyalar samaradorligini tahlil qilishning bazaviy
asoslariga tayanadi.
Xususiy yoki qarz kapitalini jalb qilish, boʻsh pul mablagʻlarini
daromad olish maqsadida joylashtirish, boshqa kompaniyalar
kapitalida ishtirok etish va boshqa shu kabi uzoq muddatli
operatsiyalar oʻtkazish korporativ moliyani boshqarish sohasida
malakali mutaxassislar tayyorlashda amaliyotda foydalaniladigan
moliyaviy instrumentlar mohiyatini chuqur anglash, ularni tahlil
qilishning nazariy-metodologik tamoyillari va metodlarini bilish talab
etiladi.
Bunday operatsiyalarning maqsadi turli xil boʻlishiga
qaramasdan, ularni oʻzining iqtisodiy mohiyatiga koʻra ikkita
kategoriyaga – aktiv (turli xil moliyaviy aktivlarga mablagʻlarni
joylashtirish) va passiv (korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini zarur
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash)ga boʻlish mumkin.
Mazkur bobda bevosita daromad olishga qaratilgan moliyaviy
aktivlar xususida toʻxtalib oʻtamiz. Iqtisodiyotda va korxonalar
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida muhim rol oʻynovchi uzoq muddatli
moliyaviy instrumentlarning asosiy turlari aksiyalar va obligatsiyalar
hisoblanadi. Aksariyat holatlarda ular bilan oʻtkaziladigan
operatsiyalar samaradorligini baholash metodlari va koʻrsatkichlariga
e’tibor qaratiladi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, keltirib oʻtiladigan
-
198 -
metodlar va modellarni har qanday moliyaviy aktivga nisbatan
qoʻllash mumkin.
Moddiy shaklga ega obyektlardan farqli ravishda moliyaviy
aktivlar hujjatli yoki elektron (hujjatsiz) koʻrinishda amal qiluvchi
bitimlarni oʻzida aks ettiradi. Bunday bitimlarga misol sifatida tijorat
banklariga joylashtirilgan depozitlar yoki investitsiya va pensiya
fondlari paylarini sotib olish haqidagi shartnomalar, sugʻurta polislari,
turli xil qimmatli qogʻozlar va boshqalarni keltirish mumkin.
Bunday bitimlarning xilma-xilligiga qaramasdan, ularning
umumiy xususiyati egalik qiluvchi shaxs (xaridor) uchun ular
investitsiyalash obyekti hisoblanishida namoyon boʻladi hamda
ifodalash uchun maxsus
moliyaviy aktiv
atamasidan foydalaniladi.
Qayd etib oʻtilganidek, moliyaviy aktivlar mulkchilik shakliga
bogʻliq holda mulkiy huquqni (masalan aksiyalar) yoki qarz munosa-
batlari boʻyicha mulkiy huquqni (masalan, davlat va korporativ
obligatsiyalar, bank depozitlari, depozit va jamgʻarma sertifikatlari,
veksellar va boshqalar) tasdiqlovchi hujjatlar yoki bitimlarni oʻzida
aks ettiradi.
Moliyaviy aktivlarning iqtisodiy mohiyatini anglatuvchi eng
muhim xususiyat ularning daromad keltirishi hisoblanadi. Bu mulkdor
uchun uning kapitali vazifasini bajaradi. Lekin bunday kapital real
kapitaldan farqli ravishda ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok
etmaydi.
Moliyaviy aktivlarning muhim oʻziga xos xususiyatlari sifatida
huquqiy tan olinishi, muomalada boʻlishi
(erkin oldi-sotdi obyekti
sifatida bozorda amal qilishi)
, aniq standartlarga ega boʻlishi
(qonun-
chilik bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga egaligi)
, likvidliligi
(pulga aylanish qobiliyatiga egaligi),
riskliligi
(kutiladigan daromad
miqdorini har doim ham aniq belgilash imkonining mavjud emasligi)
kabilarni keltirish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda moliyaviy aktiv
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Moliyaviy aktiv
– bu
pullik qiymatga ega, mulkiy huquqni oʻzida ifodalovchi, bozorda
mustaqil muomalada boʻladigan, oldi-sotdi yoki boshqa bitimlar
-
199 -
obyekti boʻla oladigan, shuningdek, daromad olish manbasi sifatida
xizmat qiluvchi hujjat yoki bitim hisoblanadi.
Moliyaviy aktivlarni bozorda bajaradigan funksiyalariga qarab
ikkita katta guruh: pul bozori instrumentlari (muomalada boʻlish vaqti
bir yildan oshmaydigan moliyaviy instrumentlar) va kapital bozori
instrumentlari (bir yildan ortiq muddatda muomalada boʻladigan
moliyaviy instrumentlar)ga boʻlish mumkin.
Ifodalaydigan iqtisodiy mohiyatiga bogʻliq ravishda
qarz
(obligatsiyalar, depozitlar va depozit sertifikatlari, veksellar, bank
kreditlari)
, ulush
(oddiy va imtiyozli aksiyalar)
va hosilaviy
(fyucherslar, opsionlar, forvardlar, svoplar, varrantlar) munosabatlarni
anglatuvchi moliyaviy instrumentlarni ajratib koʻrsatish mumkin.
Moliyaviy aktivlarni muomalada boʻlish muddatiga koʻra qisqa
muddatli, oʻrta muddatli, uzoq muddatli va muddatsiz moliyaviy
aktivlarga boʻlish mumkin.
Moliyaviy aktivlarni daromadlar shakllanishi va toʻlanishi
mexanizmiga koʻra
qat’iy belgilangan
(imtiyozli aksiyalar,
obligatsiyalar, depozitlar va jamgʻarma sertifikatlari, veksellar, bank
kreditlari va boshqalar),
suzib
yuruvchi
(qarz instrumentlarining ayrim
turlari, masalan suzib yuruvchi kupon stavkalariga ega obligatsiyalar)
va
oʻzgaruvchan daromadga ega
(oddiy aksiyalar, fyucherslar,
opsionlar va boshqalar) aktivlarga boʻlish mumkin.
Risklilik darajasiga koʻra
risksiz
(daromad ololmaslik va
qoʻyilgan kapitalni yoʻqotish riskining rasmiy jihatdan yoʻqligi)
,
oʻrtacha riskli
(risk darajasi oʻrtacha bozor riskiga oʻzaro mos keladi)
va
yuqori riskli
(daromad olish ehtimoli kam, boshqa tomondan
yuqori daromad ham olish mumkin boʻlgan)
moliyaviy aktivlarni
ajratib koʻrsatish mumkin.
Muomala tavsifiga koʻra moliyaviy aktivlarni
bozor
(erkin
muomalada va fond bozorlarida oldi-sotdi obyekti hisoblanuvchi
moliyaviy aktivlar) va nobozor (erkin oldi-sotdi obyekti hisoblanmay-
digan, masalan bank depozitlari, sugʻurta polislari va boshqalar)
aktivlarga ajratish mumkin.
-
200 -
Umuman moliyaviy aktivlarni boshqa belgilariga koʻra ham
tasniflash mumkin.
Moliyaviy aktivlar investitsiyalashda eng likvidli aktivlar
hisoblanadi. Lekin bunday aktivlar bahosi ularning nominal yoki
haqiqiy qiymatidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bunda
moliyaviy aktivlarga qoʻyilmalarning yuqori risklar bilan bogʻliqligini
ham hisobga olish lozim.
Hozirgi vaqtda investitsiyalash uchun obyekt sifatida qatnashishi
mumkin boʻlgan koʻplab moliyaviy instrumentlar turlari amal qiladi.
Lekin bugungi kun tajribasi bunday qoʻyilmalar orasida qimmatli
qogʻozlarning yuqori ulushga ega ekanligini koʻrsatib turibdi.
Moliyaviy aktivlar bilan operatsiyalar oʻtkazish ularning son va
sifat jihatdan muhim tavsifini ifodalovchi
Dostları ilə paylaş: |