-
201 -
Qayd etib oʻtilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitida va korxonalar
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida muhim rol oʻynovchi moliyaviy
aktivlarning asosiy turlari aksiyalar va obligatsiyalar hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda quyida ular qiymati va daromadliligini
baholashning bazaviy metodlari va modellarini koʻrib chiqamiz.
14.2. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini
baholash
Bizga ma’lumki, obligatsiyalar qarz
munosabatlarini anglatuvchi
qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Xalqaro tajribaga koʻra obligatsiyalar
emitentlariga koʻra davlat, munitsipal va korporativ obligatsiyalarga
boʻlinadi. Qarz munosabatini anglatuvchi moliyaviy instrumentlar
sifatida obligatsiyalar qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli
qogʻozlar toifasiga kiritiladi. Bunday toifaga qat’iy belgilangan
miqdorda dividend toʻlash belgilab qoʻyilgan
imtiyozli aksiyalarni
ham kiritish mumkin.
“Qat’iy belgilangan daromad” umumqabul qilingan atamasini
qat’iy ravishda tushunmaslik lozim. Bu atama bunday qimmatli
qogʻozlar boʻyicha operatsiya oʻtkazish vaqtida nazariy jihatdan
toʻlovlar muddatlari va miqdorlarining oldindan ma’lum
qilinishini
anglatadi.
Obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga qaramasdan
ularni daromad toʻlash shakllari boʻyicha quyidagicha tasniflash
mumkin:
-
kuponli
, qat’iy belgilangan yoki suzib yuruvchi kupon stavkali
obligatsiyalar;
-
diskontli
(
kuponsiz
), yoki
nollik kuponli obligatsiyalar
;
-
qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan obligatsiyalar
.
Kuponli obligatsiyalar
qarzning asosiy summasi qaytarilishi bilan
bir vaqtda davriy ravishda pul toʻlovlarini ham nazarda tutadi. Bunday
toʻlovlarning miqdori nominalga nisbatan foizlarda ifodalanadigan k
kupon stavkasida belgilanadi. Kuponli toʻlovlar odatda bir yil
davomida bir, ikki yoki toʻrt marta amalga oshiriladi.
-
202 -
Bunday qimmatli qogʻozlar harakati natijasidagi pul oqimlari
qat’iy belgilangan kuponda operatsiya
muddatining oxirida
obligatsiyaning diskontlangan nominal qiymatiga qoʻshiladigan
annuitetni oʻzida aks ettiradi. Soddalashtirish maqsadida diskontlash
yagona
r
stavka boʻyicha amalga oshirilishini shart qilib qoʻyamiz.
Shunda kuponli obligatsiya qiymati quyidagi formula boʻyicha
aniqlanishi mumkin:
𝑉 = ∑
(𝑁 × 𝑘) ÷ 𝑚
(1 + 𝑟 ÷ 𝑚)
𝑡
𝑚𝑛
𝑡=1
+
𝐹
(1 + 𝑟)
𝑛𝑚
,
bu yerda
Dostları ilə paylaş: