-
223 -
10.
Qoplash vaqtida foizlar toʻlanadigan
obligatsiyalar bahosini
aniqlashda e’tibor talab qiladigan jihatlarga toʻxtalib oʻting.
11. Aksiyalar daromadliligini baholash uchun qoʻllaniladigan
koʻrsatkichlar tizimini sanab oʻting va ularning iqtisodiy mohiyatini
izohlab bering.
Testlar
1. Moliyaviy aktivlarning iqtisodiy mohiyatini anglatuvchi
eng muhim xususiyati toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) ularning daromad keltirishi;
b) kompaniyani boshqarish huquqini berishi;
d) qaror qabul qilishda veto qoʻyish huquqini berishi;
e) oldi-sotdi predmeti ekanligi.
2. Moliyaviy aktivlarning muhim oʻziga xos xususiyatlari
toʻgʻri berilgan javobni belgilang.
a) huquqiy tan olinishi, muomalada boʻlishi,
aniq standartlarga
ega boʻlishi, likvidliligi, riskliligi;
b) erkin oldi-sotdi obyekti sifatida bozorda amal qilishi va davlat
nazoratida turishi;
d) kutiladigan daromad miqdorini har doim ham aniq belgilash
imkonining mavjud emasligi
va oldi-sotdi obyekti ekanligi;
e) qonunchilik bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga egaligi,
doimo egasiga
foyda keltirishi, risklilik darajasi yuqoriligi.
Dostları ilə paylaş: