-
227 -
XV BOB. SOF JORIY QIYMAT USULLARI BO
ʻ
YICHA
INVESTITSION QARORLARNI QABUL QILISH
15.1. Korporativ tuzilmalarda investitsion faoliyatni
tashkil etish xususiyatlari
Korxonalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatida investitsion faoliyat
alohida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Investitsion faoliyatni
samarali tashkil etish masalasi esa bugungi keskin raqobat sharoitida
korporativ moliyani boshqarish sohasidagi mutaxassislardan chuqur
bilim va malakani talab etmoqda. Bunda asosiy e’tibor investitsion
faoliyat samaradorligini barcha omillarni hisobga olgan holda
baholash masalasiga qaratilmoqda.
Korxonalarda investitsion faoliyatni tashkil
etishda investitsion
strategiyani belgilab olish masalasi ham kun tartibidagi masala
hisoblanadi.
Investitsion strategiya
korxonani rivojlantirishning
umumiy vazifalarida belgilangan investitsion faoliyatning uzoq
muddatli maqsadlari va investitsion yondashuvlar tizimi, shuningdek,
qoʻyilgan maqsadlarga erishishning yuqori darajada samarali
yoʻllarini tanlashni anglatadi. Investitsion
strategiya korxona
investitsion faoliyatini istiqbolli boshqarishning samarali instrumenti
hisoblanadi hamda korxonani rivojlantirishning konsepsiyasini oʻzida
aks ettiradi. Shuningdek, investitsion faoliyatni amalga oshirishning
bosh rejasi sifatida investitsion faoliyat muhim yoʻnalishlarini,
investitsion faoliyat shakllarini; korxona investitsion resurslarini
shakllantirish yoʻllarini; korxonaning uzoq muddatli investitsion
maqsadlarini amalga oshirish bosqichlari ketma-ketligini; investitsion
faoliyat yoʻnalishlari va shakllari boʻyicha
korxonaning investitsion
aktivligi
imkoniyatlari
chegaralarini;
investitsion
faoliyatni
modellashtirish, amalga oshirish va baholashning rasmiy mezonlari
tizimini belgilab beradi. Investitsion strategiyani ishlab chiqish
-
228 -
jarayoni investitsion strategiya maqsadlari qoʻyilishi, shakllangan
investitsion resurslar tarkibini va ular ratsional taqsimlanishini
optimallashtirish, eng muhim jihatlari boʻyicha investitsion siyosatni
ishlab chiqish, tashqi investitsion muhit bilan oʻzaro samarali
munosabatlarni ta’minlash kabilarni oʻz ichiga oladi.
Korxonaning investitsion strategiyasini
ishlab chiqishning
zarurligi tashqi va ichki muhit shart-sharoitlari oʻzgaruvchanligi
sharoitida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali
foydalanishni ta’minlashi bilan belgilanadi. Investitsiyalarni samarali
boshqarish faqatgina tashqi investitsion muhitdagi mumkin boʻlgan
oʻzgarishlarga moslashgan aniq investitsion strategiya asosida tashkil
etilishi mumkin. Shuningdek, ichki muhitdagi korxonaning alohida
boʻlinmalari investitsion qarorlarining bir-biriga zid kelishi ham
investitsion faoliyat samaradorligining pasayishiga sabab boʻlishini
unutmaslik lozim.
Korxona hayotiy siklining har bir bosqichi uchun oʻziga xos
investitsion
aktivlik darajasini, investitsion faoliyat yoʻnalishlari va
shakllarini, investitsion resurslarning shakllanish xususiyatlarini
tavsiflaydigan investitsion strategiya korxona investitsion faoliyatini
uning iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻzgarishlarga moslashtirish imkonini
beradi.
Investitsion strategiyani ishlab chiqish jarayoni korxonaning
strategik boshqaruv obyektlarini belgilashni talab etadi. Investitsion
faoliyatning bunday obyektlariga quyidagilar kiradi:
- yaxlit korxona;
- xoʻjalik yuritishning strategik zonalari;
- strategik markazlar.
Xoʻjalik yuritishning strategik
zonasi korxona doirasidagi
umumiy talab yoki xomashyo, texnologiyalardan foydalanish
umumiyligi asosida birlashgan oʻzaro yaqin tarmoqlar qatorida oʻz
faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil xoʻjalik segmentini oʻzida aks
ettiradi.
Strategik investitsion markaz – xoʻjalik yuritishning alohida
strategik zonasida alohida funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan yoki
-
229 -
samarali xoʻjalik faoliyatini ta’minlovchi korxonaning mustaqil
tarkibiy birligidir.
Hozirgi zamonaviy sharoitda investitsion strategiyani yuritish
korxonaning muvaffaqiyatli va samarali
rivojlanishini belgilovchi
omillardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqilgan investitsion strategiya
quyidagilarga imkon beradi:
- korxonaning oldindagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining
uzoq muddatli umumiy va investitsion maqsadlarini amalga oshirish
mexanizmini ta’minlaydi;
- korxonaning investitsion imkoniyatlarini real baholash imkonini
beradi;
- investitsion imkoniyatlardan maksimal foydalanish va
investitsion resurslar aylanuvchanligini oshirish imkonini beradi;
- tashqi muhit oʻzgarishlari jarayonida
investitsion muhitda
paydo boʻladigan yangi istiqbolli investitsion imkoniyatlardan
tezkorlik bilan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi;
- tashqi investitsion muhitlar rivojlanishining mumkin boʻlgan
variantlarini prognozlash va korxona faoliyatiga salbiy ta’sir
koʻrsatuvchi omillarning ta’sirini kamaytirish imkonini beradi;
- korxona investitsion faoliyatini strategik, taktik (joriy) va
operativ boshqarish oʻrtasidagi aniq oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlaydi;
- korxonaning raqobat muhitidagi ustunligini belgilab beradi;
- eng muhim strategik investitsion qarorlarni amalga oshirish
doirasida investitsion faoliyatning mos siyosati belgilanadi.
Korxonalarda ishlab chiqilgan investitsion
strategiyalar real
investitsion loyihalarni va investitsiyalashning moliyaviy instrument-
larini tanlashning asosiy baholash mezonlarini belgilash asosida
shakllantiriladi. Ishlab chiqilgan investitsion strategiya korxona
boshqaruvining umumiy tashkiliy tuzilmalari va tashkiliy
madaniyatini strategik oʻzgartirishning asosiy shart-sharoitlaridan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: