-
234 -
yillik foiz stavkasi (annualized percentage rate – APR) koʻrsatkichlari
asosida amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli kapital qoʻyilmalar toʻgʻrisida qaror qabul qilish
uchun quyidagi ikkita eng muhim (asos boʻladigan)
asosni
tasdiqlovchi axborotga ega boʻlish zarur:
- qoʻyiladigan kapital toʻla qoplanishi lozim;
- mazkur operatsiya natijasida olinadigan
foyda miqdori yetarli
darajada yuqori boʻlishi va yakuniy natijaning noaniqligi sharoitida
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy
risklarni qoplay olishi
lozim.
Investitsion loyihalar iqtisodiy samaradorligini baholash uchun
qoʻllaniladigan metodlar tizimini uchta guruhga boʻlish mumkin:
dinamik (vaqt omilini hisobga oluvchi), statistik (hisob)
va muqobil
metodlar. Bu jarayonda qoʻllaniladigan metodlar va ularga mos
keluvchi mezonlar quyidagi rasmda keltirilgan (18-rasm).
INVESTITSION LOYIHALAR IQTISODIY
SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODLARI
Statistik (hisob)
Dinamik (diskont)
Muqobil
Daromadlilikning
hisob me’yori
(ARR)
Qoplash davri (PP)
Sof joriy qiymat
(NPV)
Daromadlilik ichki
me’yori (IRR)
Daromadlilik ichki
me’yori (IRR)
Diskontlangan
qoplash davri (DPP)
Pentabellik
indeksi
(PI)
Korrektirovkalan-
gan joriy qiymat
(APV)
Iqtisodiy qoʻshilgan
qiymat (EVA)
Real
opsionlar
(ROV)