Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

16.3. Debitor qarzdorlikni boshqarish 
Yuqorida tijorat kreditining qo‘llanish xususiyatlari xususida 
to‘xtalib o‘tdik. Endi bevosita debitorlik qarzlarini boshqarish 
masalalarini ko‘rib chiqamiz. Xususan, firma o‘z mijozlariga kredit 
taklif etishi uchun qanday siyosat yuritishi va o‘z debitorlik 



249 - 
qarzdorligini qanday nazorat qilib borishi masalalariga e’tibor 
qaratamiz. 
Kredit siyosati quyidagi uchta bosqich asosida belgilanadi: 
1. Kredit standartlarini belgilash. 
2. Kredit shartlarini belgilash. 
3. Taqdim etilgan kreditlar undirilishi kechikkanda undirish siyo-
satini belgilash. 
Kredit standartlarini belgilash. Boshqaruv tizimi eng avvalo o‘z 
kredit standartlari haqida qaror qabul qilishi lozim. Bunda kredit 
taqdim etiladigan talabgorlarga, kreditlash miqdorlariga, kredit riski 
darajasiga e’tibor qaratiladi. Yirik firmalar ko‘pincha bu tahlilni o‘z 
hududlarida, o‘z kredit bo‘limlarida amalga oshiradilar. Xalqaro 
amaliyotda aksariyat kichik firmalar esa bunday imkoniyatga ega 
emasligi bois, ular kredit ma’lumotlarini maxsus kredit agentliklaridan 
sotib olishadi. Qancha kredit riski belgilanish debitorlik qarzlari uchun 
qancha mablag‘ ajratilishini hal qilish uchun muhim. Cheklov siyosati 
savdo hajmining kamayishiga, firma esa debitor qarzdorligi uchun 
kamroq investitsiya ajratishiga olib kelishi mumkin, aksincha, 
unchalik oqlamaydigan siyosat ko‘proq hajmdagi savdolarga olib 
kelsa-da, debitorlik qarzdorligi darajasi oshib boraveradi. 
Kredit shartlarini belgilash. Firma kredit standartlarini o‘rnatib 
olgach, endi navbat kredit shartlari va muddatlarini belgilashga ketadi. 
Firma to‘lovdan oldingi muddat (“Net” muddati)ni belgilab olgach, 
barvaqt to‘lash uchun rag‘batlantiruvchi, chegirma beruvchi muddatni 
ham o‘rnatib oladi. Agar firma chegirma taklif qilsa, u chegirma 
foizini va chegirma muddatini belgilab olishi lozim. Agar firma 
nisbatan kichkina bo‘lsa, u bu kabi holatlarni belgilashda sanoatda 
ilg‘or bo‘lgan kompaniyalar siyosatini tanlab, o‘shani o‘zi uchun 
dasturilamal qilib oladi. 
Taqdim etilgan kreditlar undirilishi kechikkanda undirish 
siyosatini belgilash. Kredit siyosatini o‘rnatishning oxirgi bosqichi 
jamlash siyosati haqida qaror qabul qilishdan iborat. Bu siyosat tarkibi 
– agar mijoz vaqtidan kechikib to‘lasa, hech narsa qilmasligidan 
boshlab (ammo bu yaxshi tanlov emas), yoki qarzni to‘lashni eslatib, 



250 - 
yumshoq tarzda talabnoma jo‘natish, ma’lum bir vaqtdan tashqaridagi 
qarzlar uchun to‘lovni amalga oshirish, ilk marta to‘lov kechikib 
ketganda huquqiy oqibatlar bilan “qo‘rqitish” shular jumlasidandir. 
Debitorlik qarzlari monitoringi 
Kredit siyosati belgilab olinganidan keyin firma kredit siyosati 
samarali olib borilayotganiga ishonch hosil qilish uchun o‘z debitorlik 
qarzlari monitoringini olib borishi kerak. Firma o‘zining debitorlik 
qarzlari monitoringida to‘lov muddatlari va muddatlar jadvaliga 
e’tibor qaratiladi.
Debitorlik qarzlarining undirilish kunlari firmaning o‘z savdosi 
natijalarini jamlashi uchun ketgan o‘rtacha kunlardir. Firma bu 
ko‘rsatkichni tahlil qilib va taqqoslab borib, o‘zining kredit siyosati 
samaradorligi haqida xulosa yasaydi. Aytaylik, kredit muddati sharti 
“Net 30” bo‘lsa va debitorlik hisoboti kunlari kechiktirilgan qarzdorlik 
kuni 50 kun bo‘lsin. Firma xulosa qilishi mumkinki, mijozlar o‘rtacha 
20 kun kechikishadi. Firma shuningdek, yetarli vaqt davomida debitor 
qarzdorligi tendensiyasiga e’tibor qilishi lozim. Agar firmaning 
o‘rtacha debitor qarzdorligi kunlar miqdori bir necha yil davomida 35 
kunga teng bo‘lsa-yu va agar bu yil bu ko‘rsatkich 43 kunga chiqsa, 
firma o‘zining kredit siyosatini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi 
va tabiiyki, bunday holat butun sanoat yo‘nalishiga qadar o‘z ta’sirini 
ko‘rsatishi mumkin. 
Debitorlik qarzlari kunlari firmaning moliyaviy hisoboti asosida
aniqlanishi mumkin. Tashqi investorlar odatda bu ko‘rsatkichni 
firmaning kredit siyosatini baholash uchun tahlil qilishlari mumkin. 
Debitorlik qarzlarining undirilish kunlarining kamchiligi shundaki
bunda faqat bitta raqam ahamiyatga molik va savdoning mavsumiylik 
xususiyatlari inobatga olinmaydi.
Muddatlar jadvali. Muddatlar jadvali firma balansidagi debitorlik 
qarzlarini tasnifini o‘zida aks ettiradi. Masalan, firma tovarni “2/15, 
net 30” shartida sotdi. Bunda debitorlik qarzlari bo‘yicha quyidagi 
holat yuzaga kelgan (16.1-jadval).
Bunday holatda agar firmaning o‘rtacha kunduzgi aylanmasi $ 
65000 ni tashkil etsa, uning debitorlik qarzdorligi kunlari $1,600,000 / 



251 - 
$ 65,000=25 kunga teng bo‘ladi. Ammo yaqindan qaralsa, 26.2-
jadvaldagi muddatlar jadvalida shuni ko‘ramizki, firmaning kredit 
mijozlarining 28% (39% dollar bo‘yicha) pulni kech to‘lashadi. 
16.1-jadval 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin